Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAAT IZIDAN...

×

 2021-10-07 16:00:34    53

PDF yuklash
Chop etish


        Ijtimoiy tarmoqlar orqali So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev nomiga Tul mahalla fuqarolar yig’ini "Yoshlik-2" ko’chasida yashovchi fuqaro Guldiyor Irgashov tomonidan mazkur ko’chada obodonchiligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatning asosiy mazmuni ko’chani beton yoki asfaltlashtirishdan iborat.

        Mazkur murojaat Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi boshlig’i Isojon Mastonov, hokimlik mutaxassisi Ravshan Komilov, tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi bosh mutaxassisi I. Tuxtasinov hamda mazkur mahalla fuqarolar yig’inining xotin-qizlar masalalari bo’yicha rais o’rinbosari H. Dehqonovalar ishtirokida atroflicha o’rganib chiqildi.

        O’rganish natijasida mazkur ko’chada 2020 yilda belgilangan dastur asosida shag’allashtirish ishlari olib borilgan va asfaltlashtirish ishlari keyingi 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi aniqlandi. Murojaatchi xozirda chet el (Rossiya Federatsiyasi)ga chiqib ketganligi bois, uning rafiqasi bilan yuzma-yuz uchrashib, tushuntirish ishlari olib borildi.

        Bundan tashqari, ushbu masalaning yechimi yuzasidan murojaatchining uzi bilan telefon orqali gaplashib, unga ham atroflicha tushuntirish berildi.

        Eslatib o’tamiz, o’tgan 2020 yilda mazkur ko’chada shag’allashtirishdan tashqari elektr energiyasi bildan bog’liq muammolar ham bartaraf etilib, mazkur ko’chaga yangi transformator ham o’rnatilgan. Mahalla raisining ma'lumotiga ko’ra, yaqin kunlarda mahallada ichimlik suvi muammosini bartaraf etish maqsadida amaliy ishlarga start beriladi.  

     Ushbu orqali shuni har bir fuqarolarimizga yetkazishni lozim topdik: hech bir murojaat nazoratsiz qolmaydi va qilingan murojaatlar yechimi yuzasidan amaliy ishlar tegishli idoralar tomonidan amalga oshirilishini ham unutmasligimiz lozim.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram