Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DUNYONI BERAYLIK BOLAJONLARGA!

×

 2021-06-01 14:36:05    88

PDF yuklash
Chop etish


        Farzand umr mevasi, inson hayotining gultoji. Farzandi bor inson baxtli inson demakdir. Zotan, «bolali uy bozor» deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Darhaqiqat, bolalarimiz hayotimiz mazmuni, baxtimiz butligining omili, yoshligimizda ovunchoq, keksalikda suyanchiq, porloq kelajagimiz poydevorining asosidir. «Bolam-chaqam»deb yashaydi asli xalqimiz. Bu hayotiy haqiqat zamirida esa, katta ma'no va mazmun mujassam.

        1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Farg’ona vodiysining jannatmakon go’shasi – Sux tumanida ham turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, bayram dasturlari tashkil etilib, o’tkazilmoqda. 

     “Do’stlik” va madaniyat va istirohat bog’ida tashkil etilgan tadbir chinakamiga katta tantana va shodiyonaga aylanib ketdi. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev o’z so’zida yurtboshimiz rahnamoligida bolalarga ko’rsatilayotgan e'tibor, sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilayotgan yuksak g’amxo’rlik ta'kidlab o’tildi.

        Bolalikning musaffo osmoni, baxtu saodati shoirlarning dil so’zlariyu san'atkorlar ijrosida tarannum etildi. Darhaqiqat, O’zbekiston bolalari baxtli bolalar, ular chin ma'noda bunga haqli. Chunki ular Yurtboshimiz farzandlari, istiqlol vorislaridirlar.

        “DUNYoNI BERAYLIK BOLAJONLARGA!”. Ushbu shior ostida tuman markazida bo’lib o’tgan tadbirga Suxning barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlaridan tashrif buyurgan bolajonlar katta tantana va shodiyona guvohi bulishdi. Tuman madaniyat bo’limi xodimlarining harbiylar bilan hamkorlikda tayyorlangan adabiy-badiiy bayram dasturi barchaga birdek quvonch xadya etdi. Shuningdek, o’tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirda tumanda joylashgan harbiy kism askar va zobitlarining oila a'zolari, farzandlari ham ishtirok etishdi. Hajviy sahnalar, teatrlashgan tomoshalar, ko’ngilochar ko’y va qo’shiqlar ila bolajonlar qalbida unutilmas taassurot qoldirishdi tadbir tashkilotchilari.

        Tadbirda bir guro’h tuman faollari, o’qishda a'lochi maktab bitiruvchilari, yosh sportchilarga viloyat va tuman hokimligining faxriy yorliqlari, hamda xamkor tashkilotlar va xomiylarining esdalik sovg’alari, eng asosiysi, bolajonlarga ularning sevimli shirinliklari topshirildi. Shuningdek, tumanning Istiqlol, Qal'a, Lenburg, Qizilqiyoq, Sarikanda, Devayron, Saribozorcha, Qal'acha, G’aznov, Sohibkor, Tul, Sebzor mahalla fuqarolar yig’inlari tomonidan berilgan bayram sovg’alari bolalarga olam-olam quvonch hadya etdi. Bayram tadbiri tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, maktabgacha ta'lim tashkiloti tuman bo’limi, mahalla va oilani qo’llab-quvatlash bo’limi hamkorligida o’tkazildi.

        Darhaqiqat, inson dunyoga kelibdiki, umri davomida farzand deb yashaydi. Ushbu ezgu fazilat va betakror xislat bizning xalqimizga xos. Aytish lozim, Respublikamizda Yurtboshimizning bevosita g’amxurligi va e'tibori doirasida xar tomonlama yetuk, soglom, bilimli, dono va aklli avlodni voyaga yetkazishda ko’p xayrli ishlar amalga oshirildi. Zotan, Vatanimizning porlok kelajagi usib, ulg’ayib kelayotgan barkamol avlod qo’lidadir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram