Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM QABULI: MUAMMOLAR YeChILMOQDA

×

 2020-12-23 15:39:17    82

PDF yuklash
Chop etish


HOKIM QABULI: MUAMMOLAR YeChILMOQDA

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi So'x tumani bo'limida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning qabuli o'tkazildi. Aytish lozimki, tuman hokimining navbatdagi qabulida ham ko'pgina muammo va kamchiliklar hal etildi. 

         Qabul jarayonida tuman hokimining o'rinbosarlari, korxona, tashkilot rahbarlari, tuman bandlikka ko'maklashishi markazi, davlat xizmatlari markazi vakillari ham ishtirok etdilar.

         Tuman hokimi qabulida fuqarolarning turmush tarzini yanada yaxshilash hamda hududdagi ishbilarmonlik va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga oid kamchiliklar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish yuzasidan qabulga yozilgan 33 nafar fuqarolar qabul qilindi hamda aniqlangan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar atroflicha o'rganib chiqildi. Shundan 19 nafar fuqaroning murojaati o'z yechimi topgan bo'lsa, 12 nafar fuqaroning murojaati mutasaddi tashkilotlar tomonidan o'rganib chiqishga yo'naltirildi va ularning yechimi bo'yicha murojaat egalariga ma'lum qilinishi ta'kidlandi. Qabulda 2 nafar fuqaroning murojaati bo'yicha huquqiy maslahat berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati