Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATDAN SO'NG...

×

 2020-11-23 17:14:25    67

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAATDAN SO'NG...

         “MUROJAAT-SUX TUMANI” telagram-kanalimizga 2020 yil 13 noyabrь kuni “Demursad mahallasi, Simodon massiviga 2-ta tik quduq kovlab berish uchun davlatimiz rohbari tomonidan mablag' ajratilgan va  2020 yilda dasturga kiritilgan. Ammo nega firma boshlig'i kelib usha bureniya qiladigan moshinasini o'rnatib 20 metr kovlagandan keyin yana moshinasini boshqa tomonga olib ketishdi. Nega o'sha 20 metr kovlangan quduq biryarim oy buladiyu hechkimning yani bironta mutasaddi tashkilotlarning xayoliga ham kelmayapti iltimos ushbu masalani hal etishda yordam beringlar” degan mazmunda (matnni aynan keltirdik) murojaat tushgan.

         Ushbu murojaat mualliflariga maliy yordam ko'rsatish maqsadida tuman irrigatsiya bo'limiga murojaat etdik va mazkur idora rahbari O'. Boltaboyevdan qo'yidagi mazmunda javob xati oldik: “SO'x tumanidagi Vargan, Kasmidon, Samidon, Malbut, Devayron, Toyon va Hushyor massivlaridagi foydalanishdan chiqib ketgan sug'oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish maqsadida tik sug'orish quduqlari va nasos agregatlari qurishi uchun inqirozga qarshi kurashish jamgarmasi mablag'lari hisobidan 3.5 mlrd so'm ajratilish 2020 yil yakuni bo'yicha bajarilishi ko'rsatilgan.

         Farg'ona viloyat hokimining 28.09.2020 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 575-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida” gi 254-sonli qarori qabul qilingan.

         Mazkur qarorda respublika byudjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida, shuningdek, mahalliy byudjetlarda nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqbullashtirish belgilangan, shundan Sux tumaniga tik quduq qurish uchun ajratilgan 3.5 mlrd sum mablag'dan 1.2 mlrd so'mi maqbullashtirildi.

         Simodon massividagi tik quduq dazish davomida 20 metr chuqurlikda ya'ne skala katta toshlarga duch kelgani hamda suv bilan haydalgan gulbuta tog' yopiqlari bilan oqib ketib burg'ulash ishlari olib borishda muammolar chiqganligi uchun ishlar to'xtatilgan.

         Shu sababli tumanda Kasmidon massivida 1 dona, Simodon-2 massivida 1 dona, Devayron massivida 1 dona tik quduq qazilishi va Toyon massivida nasos agregati qurish ishlariga ajratilgan jami 1.2 mlrd so'm mavlag' maqbullashtirilgan.

         Bundan tashqari Simodon-1 massivida 1 dona tik quduqni 120 metr chuqurlikda burg'ulash ishlari hamda transformator va stolba o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

         Tuman irrigatsiya bo'limi boshlig'i      imzo      O'. Boltaboyev”

         Aytish lozimki, har bir murojaat negizida fuqarolarimizning dardu tashvishlari, muammo va kamchiliklari, ularning taqdiri mujassam va mutasaddi rahbarlar fuqarolarimiz tomonidan taqdim etilayotgan murojaatlarga befarq bo'lmasalar, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

         Hurmatli Sux tumani fuqarolari! Agar Sizni biron bir muammo o'z girdobiga olgan bo'lsa yo kamchiliklardan qiynayotgan bo'lsangiz, bizga - https://t.me/murojaat_sux yoki https://t.me/suxliklars telegram kanaliga murojaat eting. Iltimos, murojaat yo'llayotganda o'rnatilgan tartiblarga rioya eting. Murojaatda ismingiz, familiyangiz, yashash manzilingiz va telefon raqamingizni ko'rsatishni unutmang. Chunki murojaatlar mutasaddi rahbarlar tomonidan manzilli o'rganilishi mumkin.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati