Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO’RKI

×

 2023-03-18 18:44:02    46

PDF yuklash
Chop etish


Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki

Bugun, 18 mart kuni respublikamiz bo’ylab bo’lib o’tkazilgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki" shiori ostida o’tkazildi.

Navro’z bayramini munosib kutib olish maqsadida tashkil etilgan xayriya hasharida tumanimiz bo’yicha 11 480 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qatnashdilar. 17 gektarga yaqin yer maydonlari obodonlashtirildi. Qariyb 11 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi. 24 ta qabriston, 4 ta ziyoratgoh obodonlashtirilib, salkam 25 ming daraxtga shakl berilib, oqlandi.


Bu safargi xayriya hasharida ham kam ta'minlangan oilalarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, hashar doirasida 10 ta yurtdoshlarimizning xonadonlari ta'mirlab berildi. Buning uchun 26 million so’mdan ortiq mablag’ sarflandi.


Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, shu bilan birga, 80 tadan ziyod ehtiyojmand oilalarga, nogiron va yolg’iz qariyalarga yordam ko’rsatildi va yo’naltirilgan mablag’larning 8 million so’mi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan sarflandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram