Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?

×

 2023-01-21 11:49:47    57

PDF yuklash
Chop etish


Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?


Hukumat qaroriga ko’ra, ko’chmas mulk ob'ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig’majildini shakllantirish natijasida ko’chmas mulk ob'ekti bo’yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.


Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro’yxatdan o’tadi.


Ko’chmas mulk ob'ektlarining turar joyga oid qismi bo’yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:


ko’p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;

yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;


Ko’chmas mulk ob'ektlarining noturar joyga oid qismi bo’yicha:


umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;

umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;

umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;

umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;

umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;

umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.


Kadastr yig’majildi shakllantirilgandan so’ng kadastr pasportini berish uchun to’lov miqdori qiymati ko’rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.


Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so’ng 1 oy mobaynida to’lov qiymatini to’laydi.


 Kadastr pasportini berish uchun to’lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori (https://lex.uz/docs/2425158) bilan belgilanadi.

Faridun Mastonov - So’x tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram