Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Muhim jarayonga tayyorgarlik ishlari avjida

×

 2022-08-02 16:45:38    49

PDF yuklash
Chop etish


Muhim jarayonga tayyorgarlik ishlari avjida

         Davlat rahbarining "O'zbekiston Respublikasi 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5655-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 710-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 1-3 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholini ro'yxatga olish yuzasidan registratorlarni o'qitish bo'yicha seminarlar tashkil etilmoqda.

         Shu jumladan So'x tumanida ham aholini ro'yxatga olish jarayonida ishtirok etadigan 19 nafar registratorlar uchun o'quv-seminar tashkillandi.

         Seminar qatnashchilariga o'qish jarayonida registratorlarning asosiy vazifalari, barcha registratorlar tomonidan o'zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro'yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o'rganish ishlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

         Ma'lumot o'rnida: Sux tumanida doimiy aholi soni 81037  kishini tashkil etmoqda. Tumanda jami 27 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib,  19 ta registratorlar aholini ro'yxatga olish jarayoniga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

                   H. Narzidinov - Sux tumani  ruyxatga olish bo'limi boshlig'i