Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JOME MASJIDLARDA HAYIT NAMOZI ADO ETILDI

×

 2022-05-02 09:25:58    65

PDF yuklash
Chop etish


JOME MASJIDLARDA HAYIT NAMOZI ADO ETILDI

         Bugun butun Respublikamiz bo'ylab Ramazon Hayiti keng nishonlandi. “Yaxshi niyat va ezgulikka limmo-lim bo'lgan insoniylik orzu-niyatlar bilan tutgan ro'zamizni Olloh-ta'olo o'z dargohiga qabul aylagan bo'lsin”, - deya har bir musulmon inson borki, jome masjidlar tomon yo'l olishdi. Erta tongdan barcha jome masjidlarla Hayit namozi o'qildi. Jumladan, So'x tumanidagi jome masjidlarda ham Hayit namozi ado etildi.

         Hayit namozini to'la to'kis ado etish maqsadida tuman hokimligida shtab tuzilib, barcha masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratib berildi. Hamkor tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari tomonidan navbatchilik tashkil etildi.

         Ramazon Hayiti arafasida Respublikamizda umumxalq hayriya hashari tashkil etilgani ham xalqimiz Ramazon Hayitini obodlik va poklikda kutib olishlari uchun qiliingan ezgu amallardan bo'ldi.

         Hayit namozi jarayonida qilingan mav'iza va duolarda tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi, osmonimiz musaffoligi va porloq kelajagimizning mustahkamligi niyatida samimiy tilaklar bildirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati