Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHI ULUG’ INSONLAR E'ZOZLANDI

×

 2021-10-11 17:51:24    51

PDF yuklash
Chop etish


        "Keksalar haftaligi" doirasida So’x tumanida ham tantanali tadbir bo’lib o’tdi. So’x tumani hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida yoshi ulug’ keksa otaxonlar, nuroniylar ishtirokida tuman uzra sayohat uyushtirildi.

        Nuroniylar hokimlik tomonidan safarbar etilgan avtobuslar orqali tumanning ko’zga ko’ringan go’shalarida bo’lishdi, davlatimiz e'tibori asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o’z ko’zlari bilan ko’rishdi.

        Davlatimiz rahbarining 4798- sonli qarori asosida Chashma mahallasida qurilgan ko’p qavatli uy-joylarda bo’lishib, qo’li gul quruvchilarning mahoratiga ahsant aytib, duolar qilishdi.

        - Istiqlol tufayli bugun nafaqat Vatanimiz siymosi, balki vatandoshlarimizning dunyoqarashi ham o’zgarmoqda. Berilayotgan e'tibor, bo’layotgan o’zgarishlarga shukr qilib, shukrona aytib yashash kerak. Chunki bunday dorilomon kunlarni ota-bobolarimiz orzu qilib barchalari o’tib ketishdi. Orzular ro’yobini Yaratganga shukr, kim biz qariyalar farzand va nabiralarimiz siymosida ko’ryapmiz, - deydi 93-yoshni qarshilagan otaxon Begali Boltayev.

        Darhaqiqat, berilayotgan e'tibor tufayli bugun Vatanimizning mo’'jaz go’shasi - So’x tumani ham taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ymoqda. So’x obod bo’layotir. So’xning obodligi buyuk Vatan obodligining sarchashmasidir. Tumandagi bo’layotgan barcha o’zgarish va yangilanishlarga faxriylar tuman uzra tashkil etilgan sayohat tufayli ogoh bo’lishdi.

        "Keksalar haftaligi" doirasidagi tadbir tumanimizning Navobod mahallasidagi dam olish maskanida bir piyola choy ustida davom etdi. San'atkaorlarning ko’y-qo’shiqlari va diltortar navolari ishtirokchilar qalbiga bir olam quvonch baxsh etdi. Tadbirda so’z olganlar ISTIQLOL bergan babaho ne'matlar bardavom bo’lishligi uchun duoga qo’l ochishdi. Tadbir kechgacha davom etdi va tashkilotchilar barcha ishtirokchilarni katta hurmat bilan uylariga eltib qo’ydilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram