Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT DXA VAKILLARI SO’XDA

×

 2021-09-14 18:59:25    44

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun tumanimizning Devayron mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabulda Farg’ona viloyati Davlat Xizmatlari Agentligi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Sohibjon Qodirov ham ishtirok etdi.

        Qabulga kelgan fuqarolar muammo va kamchiliklar yuzasidan tuman hokimi va viloyat DXA vakiliga murojaat etishdi. Sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

        Tuman hokimi so’z olib, Prezidentimizning odilona siyosati tufayli bugun fuqarolarning barcha muammo va kamchiliklari "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan tamoiyl asosida bartaraf etilayotganini ta'kidlab o’tdi.

        Farg’ona viloyati DXA boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari ta'kidlaganidek, barcha muammo va kamchliklar tizimli va bosiqchma-bosqich hal etiladi, bunday uchrashuv va sayyor qabullar reja asosida muntazam o’tkaziladi.

        Qabulda 13 ta murojaat kelib tushdi va 8 tasining joyida hal etilishiga erishildi. 5 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirishlar berildi.

        Murojaatlarning asosiy qismini mahallani obodonlashtirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar, ish joyi bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda Davlat Xizmatlari Agentligi tomonidan beriladigan huquqiy yordam va amaliy ko’maklar tashkil etdi.

        Bir nafar fuqaro "Ayollar daftari"da ekanligi va qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’lish uchun mutasaddilarga tikuv mashinkasi olishda amaliy ko’mak so’rab murojaat etdi. Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi va unga tikuv mashinkasi ertaga viloyat vakillari ishtirokida yetkazib beriladi.

        Darhaqiqat, fuqarolarimizni qiynayotgan muammo va kamchliklar oz emas, hali bor va ular mana shunday samarali uchrashuv va qabullar orqali hal etilmoqda. Biroq, barcha muammoni birvarakayiga yechib bo’lmaydi. Buning uchun sabr va albatta, vaqt kerak. Agar har birimiz sabrli va tilloga teng vaqt qadriga yetib birgalikda harakat qila olsak, muammo va kamchiliklarimizga yechim topa olamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram