Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SPORT FESTIVALI

×

 2021-04-20 13:14:08    60

PDF yuklash
Chop etish


     So’x tumani bolalar va o’smirlar sport maktabida uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish, Prezidentimizning 6099-sonli Farmonini amalga tatbiq etish va davlatimiz rahbari belgilab bergan 5-ta tashabbusning ikkinchi yo’nalishi bo’yicha sportning boks, karate, tennis, mini-futbol va shaxmat turlari festivali o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Bobosodiq Latipov va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

     - Bunday tadbirlar tumanning barcha sektorlarida o’tkaziladi. Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad eng avvalo, uyushmagan yoshlar o’rtasida sportni rivojlantirish va ularni sohaga kengroq jalb etishdan iborat, - deydi tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi boshlig’i Suhrob Qoziyev.

     Tashkil etilgan tadbirda yosh sporchilar murabbiylari rahbarligida o’zlarining mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbirda ishtirok etgan uyushmagan yoshlarga muassasada yaratib berilgan shart-sharoitlar bo’yicha ma'lumotlar berildi. Tumanning barcha UO’T maktablarida darslardan so’ng soat 17-00 dan 20-00 gacha sport maydonchalari va sportzallar uyushmagan yoshlar ixtiyoriga berib qo’yilgan. Biriktirilgan murabbiylar rahbarligida uyushmagan yoshlar o’rtasida turli xil musobaqalar ham tashkil etilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram