Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MASALA MUHOKAMASI

×

 2021-04-16 20:43:05    51

PDF yuklash
Chop etish


     Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi o’ttiz birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va olib bordi.

  Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar rahbarlari, faol tadbirkorlar shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 Sessiya kun tartibiga bitta masala - tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan So’x tumani hokimining murojaati qo’yildi.

 Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari tuman hokimi murojaatini tinglashdi.

           Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmuseav kun tartibidagi masala bo’yicha ma'ro’za qilib, ishtirokchilarga ushbu dolzarb masala bo’yicha murojaat etdi. Ta'kidlandiki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8-aprel kuni bo’lib utgan videoselektor yig’ilishda kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta'minlash dasturini amalga oshirish choralarini tanqidiy ko’rib chiqildi.

           Yig’ilishda ayrim viloyatlar va shahar tumanlarda bu borada olib borilayotgan ishlar biznes va hukumatning talablariga javob bermayotganligi ta'kidlab o’tildi.

      Bundan tashqari, davlat rahbari tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va fuqarolarni ish bilan ta'minlash bo’yicha yangi chora-tadbirlarni belgilab berib, odamlar hayotida ijobiy o’zgarishlar qilish bo’yicha bir qator ko’rsatma va topshiriqlar berdi.

 - Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar har birimizdan yuksak mas'uliyat talab etadi. Belgilangan reja asosida ishlash va ushbu masala yuzasidan samarali faoliyat yuritish har bir rahbarning asosiy vazifasidir, - dedi tuman hokimi o’z murojaatida.

 Sessiya jarayonida bu bo’yicha aniq reja va dasturlar, chora-tadbirlar majmui qabul qilinib, ijrosi yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

  Sessiyaga qo’yilgan masala yuzasidan tuman sektor rahbarlari, deputatlar, tumanda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari mutasaddilari muzokaraga chiqib, o’zlarining fikrlarini bayon etishdi va deputatlar tomonidan tasdiqlangan rejani so’zsiz bajarilishi bo’yicha taklif va tavsiyalarini berishdi.

 Shuning bilan, Xalq deputatlari So’x tumani Kengashning navbatdagi sessiyasi yakunlandi.

          So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram