Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BO’LIMNING YANGI BINOSI TA'MIRLANADI

×

 2021-04-14 18:30:57    52

PDF yuklash
Chop etish


     Tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ayni koronavirus pandemiyasi davrida kam ta'minlangan, ijtImoiy ko’makka mo’htoj aholini har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha xayrli ishlar amalga oshirildi. – Biz xalq bilan ishlaymiz va xalq dardu muammolari, kamchliklarini hal etish yo’lida bor bilim va mahoratimizni yo’lga solamiz, - deydi So’x tumani hokimi o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Masudjon Jumayev.

     Ayni kunda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi xodimlari o’zlarining yangi maskani – 1-sonli UO’T maktabi yonidagi binoga ko’chib o’tishmoqda. Bu binoda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti bo’limi, “Suvta'minot” bo’limi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo’limi, “Toza hudud” idorasi joylashgan. Mazkur binoda nomlari keltirilgan idoralar xodimlariga qanday shart-sharoitlar yaratib berilgan? Shu savolga javob topish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bu maskanga tashrif buyurdi va tegishli idoralar vakillari bilan uchrashdi.

     Ma'lum bo’lishicha, mazkur bino mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hisobiga o’tkazilgan va bu yerda endilikda ta'mirlash ishlari boshlab yuboriladi. Ta'mirlash ishlari va mebel jihozlarini yetkazib berilishida tuman hokimi tomonidan yordam berilishi ta'kidlab o’tildi. – Binoning bir qismida tuman ta'rixiga doir muzey tashkil etamiz. Shuningdek, So’x tumani fidoyi farzandlari xotirasiga bag’ishlab xotira burchagini ham tashkil qilishimiz lozim, - dedi tuman hokimi.

        Bo’lim xodimlari ma'lumotiga ko’ra, bino maktab ichida joylashgani bois, binoga kirish va undan chiqish uchun alohida yo’lak va hojatxona tashkil etish birinchi galdagi vazifa sanaladi. Tuman hokimi boshchiligida bino joylashgan mazkur hudud bo’lim mutasaddilari va 1-sonli UO’T maktabi rahbariyati bilan o’rganilib, kirish va chiqish yo’lagi, hojatxona qurish bo’yicha rejalar tuzildi. Yaqin kunlarda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limida ta'mirlash ishlari boshlab yuboriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram