Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'xda barpo etilayotgan yangi aeroport tuman hayotiga katta o'zgarishlar olib keladi

×

 2021-02-12 17:51:33    58

PDF yuklash
Chop etish


So'xda barpo etilayotgan yangi aeroport tuman hayotiga katta o'zgarishlar olib keladi

         Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, So'x tumaniga tashrifi doirasida tumanda barpo etilishga kirishilgan yangi aeroport qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

         So'x tumani «Novobod» mahalla fuqarolar yig'ini hududida tashkil etilayotgan aeroport  maydoni salkam 10 gektarni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan.

         2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida 6 oy ichida qurib bitkaziladigan aeroport orqali “Humo AIR” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda “Uzbekistan Helicopters” MChJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb etgan holda So'xdan Farg'ona hamda Qo'qon yo'nalishlarida aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi.

         Qurilish maydonchasida tuman mahallalari vakillari hamda faollari bilan uchrashgan Xayrullo Bozorov, So'x ahliga Davlatimiz rahbarining salom va tilaklarini yetkazib, Prezidentning alohida topshirig'i bilan tumanga ishlab chiqarishni, sanoatni olib kirish, bandlikni ta'minlash, aholi turmush tarzini oshirish bo'yicha katta ishlar boshlanganini ta'kidladi. Bundan buyon mahallabay tizimi asosida har bir mahallaga bittadan iqtisodiy idora vakili biriktirilganini, har bir mahallaning o'sish nuqtalarini aniqlash, ishsizlikni bartaraf etish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ish olib boriladi.

         Prezidentimizning So'x tumanining rivoji uchun alohida e'tiborini qayd etgan Xayrullo Bozorov, tumanda imtiyozli soliq tizimi joriy etilganini, bundan buyon tadbirkorlar aylanmadan to'laydigan soliq miqdori 1 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi ham 1 foiz etib belgilanganini, bu o'z navbatida investorlarni So'xga jalb etishga, yangi korxonalar tashkil etishga omil bo'lishiga ishonch bildirdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati