Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Joriy etilgan karantin cheklovlariga rioya etaylik!

×

 2020-07-28 19:24:41    114

PDF yuklash
Chop etish


Joriy etilgan karantin cheklovlariga rioya etaylik!

         Tumanimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish bo'yicha tuman hokimligi, ichki ishlar bo'limi, prokuratura, milliy gvardiya, santiariya-epidemilogik osoyishtalik markazi, Yoshlar Itifoqi, tuman madaniyat bo'limi hamkorligida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Lekin ba'zi hududlarda karantin cheklovlari va tartib-qoidalariga rioya etmayotgan fuqarolar va avtomobillar harkati ko'zga tashlanmoqda. Shuni unutmasligimiz lozimki, ko'rilayotgan barcha choralar bizning salomatligimizni asrashga qaratilgan.

         Tuman hokimligida tashkil etilgan tezkor shtabning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bugun tuman SEOM xodimlari tomonidan Hushyor, Lenbur, Tul, Rovon, Sharqobod, Obishir, G'aznov,  Zangat, Mulgon, So'x, Istiqlol, Qizilqiyoq, Yangiariq, Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 770 xonadon, 1378 ta avtomobil, 19 ta savdo do'konlari dezinfektsiya qilindi. Tadbir boshidan tumanning 50 885 xonadonlarida zararsizlantirish ishlari olib borildi.

         Pandemiya davrida avtomobillarning bemaqsad harakatlanishini oldini olish bo'yicha tashkil etilgan blok-postlarda hamkor tashkilotlar muntazam faoliyat olib borishayotir. Tuman hududida tashkil etilgan 10-ta blok-postlarda IIB xodimlari fuqarolarning karantin qoidalariga qattiq rioya qilishlari, yashash manzilidan bemaqsad ko'chaga chiqmasliklari, tibbiy niqobsiz jamoat joylarida yurmasliklari borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borishmoqda, bemaqsad va tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar tuzilmoqda.

Sux tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig'inlari xodimlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga mo'htoj bo'lgan oilalarga oddiy tibbiy himoya va antiseptik hamda boshqa shaxsiy gigiyena vositalarini sotib olishlariga amaliy yordam ko'rsatilib, ularning qo'l telefonlari orqali bog'lanib ularga yaqindan moddiy va amaliy yordam kursatib kelinmoqda.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tuman Kengashi, tuman madaniyat bo'limi xodimlari va haq to'lanadigan jamoat ishi orqali bandligi ta'minlangan yoshlar tomonidan bugun Qaqir, Lenbur, Hushyor, Sharqobod,  Demursad, Zangat, Yangiariq, So'x, Sohibkor, Qalacha, Saribozorcha MFYlarida “Covid-19”pandemiyasini oldini olish va aholi salomatligini saqlash maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ayniqsa, koronavirus pendemiyasini oldini olish bo'yicha tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan sayyor radiouzellar orqali olib borilayotgan targ'ibot ishlari tahsinga loyiq.

Tuman tibbiyot birlashmasining taqdim etgan ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda 471 nafar fuqarolarimiz uy karantiniga olnigan bo'lib, 14 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasi bilan gumonlanib, Xushyor yuqumli kasaliklar shifoxonasida davolanmoqda. Kun davomida QVP patronaj hamshiralari va mudirlari tomonidan fuqarolarni nazorat qilish ishlari olib borilmoqda. Karantindagi fuqarolar orasida tana harorati ko'tarilishi aniqlanmagan, xodimlar kuchaytirilgan holatda ish olib borishayotir.

         Sux tumani hokimligi Axborot xizmati