Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAAT IZIDAN

×

 2020-11-14 17:25:33    72

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAAT IZIDAN

         Avval ta'kidlaganimizdek, So'x tumani hokimligi “MUROJAAT-SUX TUMANI” (https://t.me/murojaat_sux) telegram guruhiga 2020 yil 31 oktyabrь kuni Toshqura mahallasida yashovchi fuqaro SAYIDJON TESHABOEV dan qo'yidagi mazmunda murojaat kelib tushgan (matnni aynan keltiramiz): “Asalomu alaykum muxtaram Sux tuman xokimligi men toshkura maxalasidan Teshaboyev Saidjonman murojaatim shundan iboratki biznin taoshkura maxalasiga bitta maktab ochilishini iltimos kilardim toshkura xalki”.

         Ushbu murojaatga munosabat bildirish uchun So'x tumani xalq ta'limi bo'limi mudiriga xat orqali murojaat etdik. Murojaat muallifiga So'x tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri, tuman hokimi maslahatchisi Amirjon Temirov qo'yidagi mazmunda munosabat bildirgan: -“ O'zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi PQ 4798-sonli qarori “Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorida 2021 yilda Oftobru MFY hududida yangi maktab qurish belgilangan. Mazkur qaror yuzasidan hozirgi kunda tuman hokimligi tomonidan yangi maktab qurish uchun yer ajratilgan va 2021 yilda qurilish ishlari rejalashtirilgan”.

         Aytish lozimki, har bir murojaat negizida fuqarolarimizning dardu tashvishlari, muammo va kamchiliklari, ularning taqdiri mujassam va mutasaddi rahbarlar fuqarolarimiz tomonidan taqdim etilayotgan murojaatlarga befarq bo'lmasalar, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

         Hurmatli Sux tumani fuqarolari! Agar Sizni biron bir muammo o'z girdobiga olgan bo'lsa yo kamchiliklardan qiynayotgan bo'lsangiz, bizga - https://t.me/murojaat_sux yoki https://t.me/suxliklars telegram kanaliga murojaat eting. Iltimos, murojaat yo'llayotganda o'rnatilgan tartiblarga rioya eting. Murojaatda ismingiz, familiyangiz, yashash manzilingiz va telefon raqamingizni ko'rsatishni unutmang. Chunki murojaatlar mutasaddi rahbarlar tomonidan manzilli o'rganilishi mumkin.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati