Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbek tili – millatimizning bebaho boyligi

×

 2020-10-17 16:40:35    94

PDF yuklash
Chop etish


O'zbek tili – millatimizning bebaho boyligi

         YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra, bugun dunyoda 6 ming 909 til mavjud bo'lib,ulardan atigi 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Ular qatorida ona tilimiz – o'zbek tilining borligi har birimizning qalbimizni faxr-iftixorga to'ldiradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – millatning ruhidir.

         1989 yil 21 oktyabrь...  Ushbu sana, shubhasiz, mamlakatimiz o'tmishidagi eng qutlug' sanalardan biri. Zero bu kunda O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinib, mustabid tuzum hukmronligi davridayoq xalqimizning o'ziga xos jasorati timsoliga aylangan edi. Va shuni alohida e'tirof etish lozimki, bu hujjat o'z vaqtida xalqimizning Istiqlolga bo'lgan umid-ishonchini, milliy g'urur tuyg'usini kuchaytirdi, Mustaqilligimizning o'ziga xos poydevori vazifasini bajardi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Bosh Qomusimizning 4-moddasida «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir», deb belgilab qo'yilgan bo'lsa-da, hech bir tildan kam bo'lmagan go'zal Ona tilimiz o'z zabonimizga to'laqonli qaytarib berilganiga va erkimiz quyoshi boshimizda porlab turganiga ham nari-berisi bilan 31 yil to'ldi. Ammo bu davr o'zni tanib olmoq uchun aslo kamlik qilmaydi!

  To'g'ri, bu yo'sinda ulkan evrilishlar sodir bo'lgani va bo'layotganini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Xususan, buyuk ajdodlarimiz ruhi oldida yuzimiz ancha yorug'landi. Ulardan qolgan bemisl meroslar o'rganilyapti, tadqiq etilyapti.

         O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonga ko'ra, 21 oktyabrь sanasi yurtimizda «O'zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid ko'plab masalalar qatorida davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish bo'yicha alohida tuzilma tashkil etildi. Yangi so'z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasi o'z ishini boshlamoqda. Yaqin kelajakda «Davlat tili haqida»gi qonun bugungi kun talablari nuqtai nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilinib, yanada takomillashtirish ishlari ham ko'zda tutilgan.

  Birgina shu emas, albatta. Joriy yilning 20 yanvarь kuni boshlangan xayrli ishlarning uzviy davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

 

                   So'x tuman adliya bo'limi