Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLIK PASPORTLARI TOPShIRILDI

×

 2020-10-10 16:00:57    121

PDF yuklash
Chop etish


FUQAROLIK PASPORTLARI TOPShIRILDI

         Halimaxon Sharipova asli Tojikistondan So'x tumaniga kelin bo'lib tushgan fuqarolardan. Halimaxon-opa salkam o'ttiz yildirki, o'z aka uka, opa singil, bolalikda birga o'ynab-ulg'aygan dugonalarini ko'rolmay ularning sog'inchi bilan yashadi. Ammo nolimadi. Tilidayu dilida faqat bir so'z:  shukronalik. Davlatimiz rahbarining xalq manfaatini ko'zlab qabul qilgan Farmoniga asosan nihoyat, Halimaxon-opa ham fuqarolik pasportiga ega bo'ldi. Halimaxon-opaga o'xshagan yana besh nafar So'xlik fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi.

         Shu unutilmas kunga bag'ishlab, tuman madaniyat bo'limining majlislar zalida tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevlar So'xlik fuqarolarga o'z pasportlarini topshirishdi. Endi bu baxtli fuqarolarning hayot daftaridagi “fuqaroligi yo'q shaxs” degan so'zlar butunlay o'chiriladi. Tuman hokimi baxtiyor insonlarga fuqarolik pasportini topshirar ekan, ularni tabriklab, kelajakda ushbu ozod va obod Vatanda baxtli yashab, berilayotgan imkoniyatlardan smarali foydalanib, zimmalarida yurt koriga yaraydigan farzandlarni tarbiyalashdek mas'uliyat borligini ta'kidladi.

         Mirzo Sirojidinov, Hayitbek Jonibekov, Rushanjon Karimov, Anvarjon Nimatov, Inobatxon Muhamedovalar ham bugun shunday baxtli insonlar qatorida. – Salkam o'ttiz yildirki, men hatto Farg'onaga ham bora olmayman. Prezidentimizga ming rahmat, berilayotgan e'tiborlaridan g'oyatda minnatdorman, endi O'zbekistonning qaysi go'shasiga bo'lmasin, bora olaman. Chunki menda endi O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti degan qonuniy hujjatim bor, - dedi ko'z yoshlarini yashira olmagan Mirzojon Sirojidinov biz bilan so'hbatda. Ha, bu ko'z yoshlar xursandchilik ko'z yoshlaridir. Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor va qilinayotgan g'amxo'rliklar har bir insonni shukronalikda yashashga undayveradi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati