Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'xdagi muammolar o'z yechimini topmoqda

×

 2020-08-13 18:41:12    67

PDF yuklash
Chop etish


So'xdagi muammolar o'z yechimini topmoqda

         Yurtimizning jannatmonand maskanlaridan biri So'x tumani bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda. Barcha nigoh va e'tibor bu go'shaga qadalgan. Davlatimiz rahbarining joriy yil 8 avgustda qabul qilingan  “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amaliy ishlar boshlanib ketdi.

         Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a'zolari tumanda bo'lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

         So'x tumanida keng qamrovli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qizg'in. Ayniqsa, aholini qiynayotgan muammolar – elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minotidagi kamchiliklar, aholi bandligi, ichimlik va sug'orish suvi, yo'l qurilishi va ta'mirlashga doir masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotir.

         Xususan, tumanda har bir qarich yer oltinga teng bo'lib, undan samarali foydalanish muhim vazifa sanaladi. Shu bois hududdagi bo'sh turgan, qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish, ushbu hududlarda sug'orish tizimini yo'lga qo'yish, bu orqali aholini ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilyapti. Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan Qayroq massivida 1 500 gektarga yaqin yer maydoni mavjud bo'lib, ushbu hududga So'x daryosidan obi hayot olib kelish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Mazkur ishlarga davlatimiz tomonidan salkam 95 milliard so'm mablag' ajratilgan.

         Respublika ishchi guruhi ikki ko'tarmali nasos qurilishi bilan tanishib, jarayonni jadallashtirish borasida ko'rsatmalar berishdi. Rejaga ko'ra, nasos qurilishi ishlari 2021 yilning mart oyida, aniqrog'i Navro'z bayramiga oxiriga yetkazilishi ko'zda tutilgan.   

         “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig'inida o'tgan ikki oy davomida yo'llarni ta'mirlash ishlari olib borildi. Mahallaning Haydarobod guzaridagi barcha ko'chalar to'liq beton qoplamasiga o'tkazildi. Yo'llarni qurilish-ta'mirlash ishlariga 105 nafar mutaxassis va 34 ta texnika va mashinalar jalb etildi.

         -Biz barcha Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Chunki qisqa muddat ichida chang va loy ko'chalarimiz o'rnini yangi zamonaviy, betonli qoplamali yo'llar egalladi. Berilgan e'tibor va g'amxo'rliklardan mamnunmiz. Endilikda barcha mahalla ahli, butun tuman bir tanu bir jon bo'lib, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan tarixiy        qarorni bajarilishida astoydil harakat qilamiz-, dedi mahallada yashovchi Ahrorjon Qurbonov Bosh vazir bilan uchrashuvda.

         Islohotlar samarasi o'laroq, bugun So'xda odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzi ham o'zgarmoqda. Ayniqsa, tumandagi elektr-energiyasi bilan bog'liq bo'lgan muammo va kamchiliklar hal etilib, aholining roziligiga sabab bo'lmoqda.

         Tumanda yana bitta elektr-energiyasi yetkazib beruvchi yangi podstantsiya bugun foydalanishga topshirildi. Taqdimot marosimida qatnashgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan tuman miqyosida asrga tatigulik ishlar olib borilayotgani, birgina elektr-energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida ajratilgan milliardlab mablag'lar haqida gapirib, hudud ahlini ushbu shodiyona bilan tabrikladi. Yangi podstantsiyaning foydalanishga topshirilishi bilan qo'shimcha 16 000 kVA quvvat yaratilib, 15  mingdan ziyod iste'molchilarning elektr-energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturiga tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar qurib, foydalanishga topshirilishi ham kiritilgan. Ishchi guruh a'zolari yangi qurilayotgan ko'p qavatli xondonlarning loyihasi bilan tanishib,  bu boradagi amaliy ishlarni yanada jadallashtirish, belgilangan muddatdan avvaalroq sifatli qurib, foydalanishga tposhirish yuzasidan zararuriy ko'rsatmalar berdi.

         Shuningdek, O'zbekiston-Qirg'iziston chegara hududidagi mavjud vaziyat, bu yerda tinchlik va barqarorlikni saqlash, do'stlik va hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar berdi.

                  Sux tumani hokimligi Axborot xizmati