Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ko'p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatini ko'rsatish

×

 2020-08-13 18:09:02    92

PDF yuklash
Chop etish



Ko'p kvartirali uylarda

issiqlik ta'minoti xizmatini ko'rsatish

Ko'p kvartirali uylarda issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta'minlash bo'yicha yetkazib beruvchi iste'molchilar bilan ikki tomonlama shartnoma tuzadi. Shartnoma iste'molchining nomidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (shirkat) tomonidan tuzilishi mumkin.

Uy ichidagi tizimlarga texnik xizmat ko'rsatish yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Mulkdorlarning umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish tizimlarining tayyorligini ta'minlash shirkatga yoki mulkdorlarga yuklanadi.

Iste'mol xossalari va issiqlik ta'minoti me'yorlari:

isitish bo'yicha —1995 yilgacha qurilgan ko'p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20o S, agar ko'p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruktsiya qilinmagan bo'lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18o S bo'lishi lozim;

issiq suv ta'minoti bo'yicha —issiq suvning harorati 50 — 75o S bo'lishi kerak.

Isitish davrini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.

Isitish davri tashqi havoning o'rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo'lgan 5 kunlik davr tamom bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8oS yuqori bo'lganda esa tamomlanishi kerak.

Isitish asboblariga qo'shimcha sektsiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, isitish hamda sanitariya-texnik asboblar joyini o'zgartirish taqiqlanadi.

Iste'molchi issiqlik energiyasi to'liq uzib qo'yilishi va issiqlik ta'minoti xizmatlari ko'rsatishdagi tanaffus to'g'risida yozma shaklda ogohlantiriladi (ko'p kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e'lonlar taxtasiga yoki ko'p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e'lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti ko'rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari orqali).

Issiq suv berishda tanaffusning yo'l qo'yiladigan davomiyligi:

boshi berk magistralda avariya yuz berganda — uzluksiz 24 soat;

issiq suv ta'minotining muhandislik — markazlashtirilgan texnikaviy ta'minlash tarmoqlarida har yilgi ta'mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun — 15 sutka.

Iste'molchilarning hisobga olish asboblarini sotib olish, o'rnatish, davlat qiyoslovidan o'tkazish, foydalanish (ta'mirlash, almashtirish) Yetkazib beruvchi tomonidan Iste'molchilarning mablag'lari hisobiga bajariladi.

 Individual hisobga olish asboblarini o'rnatish uchun Iste'molchi Yetkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgandan keyin Yetkazib beruvchi uch kun muddatda Iste'molchi bilan individual hisobga olish asboblarini sotib olish va o'rnatishga shartnoma tuzadi.

Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida, nafaqa oluvchi kam ta'minlangan oilalarni issiq suvni hisobga olish asboblari bilan jihozlash Yetkazib beruvchi hisobidan uy-joy mulkdoridan individual hisobga olish asbob qiymatini keyingi 12 oy mobaynida to'lash shartnomasi asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Individual hisobga olish asbobini o'rnatish yoki uni yechib olish to'g'risidagi dalolatnomalarni tuzish, shuningdek Yetkazib beruvchi tomonidan ularni tamg'alash bepul amalga oshiriladi. Individual hisobga olish asbobini va ulardagi tamg'alarning saqlanishi va butligi uchun javobgarlik Iste'molchiga yuklanadi.

Individual hisobga olish asboblarining shikastlanganligi, ulardagi tamg'alarning uzilishi yoki uning butunligi buzilgan taqdirda, shuningdek tekshirish muddati tamom bo'lganda Iste'molchi bu haqda darhol Yetkazib beruvchini xabardor qilishi shart.

Issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun to'lovlar isitish davridagi tamom bo'lgan oydan keyingi oyning o'ninchi kunidan kechikmay to'lanishi lozim.

 

Iste'molchilarga suv ta'minoti

va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko'rsatish

Iste'molchilarga suv berish va ulardan oqova suvlarni qabul qilish faqat vakolatli tashkilot bilan iste'molchi o'rtasida tuzilgan shartnoma mavjud bo'lgandagina amalga oshiriladi.

Faoliyat ko'rsatayotgan ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlariga o'zboshimchalik bilan ulanib olish, shuningdek, ushbu tizimlardan o'zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi.

Ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlariga o'zboshimchalik bilan ulangan iste'molchi vakolatli tashkilot tomonidan tarmoqdan uziladi va qayta ulashda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to'lov undiriladi.

Xona turar joydan noturar joy toifasiga o'tkazilganda iste'molchi suvni berish va oqova suvlarni qabul qilishga yetti kun muddatda shartnoma tuzishi, hisoblash asbobini o'rnatishi va ro'yxatdan o'tkazishi shart.

Markaziy kommunal suv ta'minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulangan yoki yangidan ulanayotgan iste'molchilarga xizmat ko'rsatish vakolatli tashkilot tomonidan suvni hisobga olish asboblari o'rnatilgan holda amalga oshiriladi.

Suvni hisobga olish asbobini tekshirishlar oralig'i:

jismoniy shaxslarning hisoblash asbobi uchun — 8 yilni;

yuridik shaxslarning hisoblash asbobi uchun — 4 yilni tashkil qiladi.

Bosimning o'zgaruvchan farqi sarflarini aniqlovchi elektron hisoblagichlar (difmanometrlar), ulьtratovushli, elektr magnitli, uyurmali va boshqa turdagi hisoblagichlar uchun tekshirishlar oralig'i — 1 yildan iborat bo'ladi.

Suv o'lchash uzeli vakolatli tashkiloti tomonidan plombalanishi lozim. Plombalanmagan hisoblash asboblarini o'rnatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Suvni hisobga olish asboblarini xarid qilish, o'rnatish, davlat nazoratidan o'tkazish, foydalanish (ta'mirlash, almashtirish) ishlari vakolatli tashkilot tomonidan, iste'molchining mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.

Suvni hisobga olish asbobini o'rnatish uchun iste'molchi vakolatli tashkilotiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgach, vakolatli tashkiloti uch kun muddatda iste'molchi bilan suvni hisobga olish asbobini o'rnatish yuzasidan shartnoma tuzadi va unda shartnomada ko'rsatilgan summaning 100 foizi miqdorida oldindan to'lov o'tkazilishi nazarda tutiladi.

Iste'molchi suvni hisobga olish asbobidagi plombaga shikast yetgani, uzilgani yoki butun emasligi kabi holatlarni aniqlaganda, 2 sutka mobaynida vakolatli tashkilotini bu haqda ogohlantirishi lozim.

Iste'molchi tomonidan sarflangan suv hajmi suvni hisobga olish asbobi ko'rsatkichlari bo'yicha aniqlanishi lozim.

Iste'molchilarning kommunal kanalizatsiya tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori kommunal suv ta'minoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.

Iste'molchilar joriy oyning 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari ko'rsatkichlarini qayd qilib borishi, joriy oyning so'nggi sanasigacha vakolatli tashkilotga ko'rsatkich ma'lumotlarini aloqa vositalari yordamida taqdim etishi va to'lovlarni amalga oshirishi shart .

 

                  So'x tuman adliya bo'limi