Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanida samolyot va vertolyotlarga uchish-qo'nish maydonchasi tashkil etilmoqda

×

 2020-08-12 19:15:06    75

PDF yuklash
Chop etish



So'x tumanida samolyot va vertolyotlarga uchish-qo'nish maydonchasi tashkil etilmoqda

        Farg'ona viloyati So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar o'z muddatida sifatli amalga oshiriladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov bugun tuman faollari bilan bo'lib o'tgan yig'ilishda ma'lum qildi.

        Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga ko'ra, Farg'ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So'x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo'nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlar boshlandi. Xususan, So'x tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yig'ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Shuningdek, “Farg'ona” xalqaro aeroportida ham mazkur yo'nalishda aniq tadbirlar ishlab chiqildi.

        Aviaqatnovlarga O'zbekistondagi «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O'zbekiston havo yo'llarining «Uzbekistan Helicopters» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko'zda tutilmoqda.

        An-2 samolyoti 12 ta yo'lovchi sig'imiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Yo'lovchilar 35-40 daqiqada Farg'onadan So'xga yoki So'xdan Farg'onaga yetib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 tadan amalga oshirish mo'ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar ko'payishi mumkin.

Transport vazirligi aviaqatnovlarning chipta narxlari yo'lovchilar uchun maqbul narxlarda bo'lishi bo'yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Qarorda Farg'ona shahridan So'x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo'yicha ko'rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to'lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta'minlash belgilangan.

                     Sux tumani hokimligi Axborot xizmati