Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Vazir M.Saliyev: So'x tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 2021 yil oxiriga qadar 97%ga yetkaziladi

×

 2020-08-11 16:06:21    85

PDF yuklash
Chop etish


Vazir M.Saliyev: So'x tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 2021 yil oxiriga qadar 97%ga yetkaziladi

         Bugungi kunda So'x tumanda 27 ta mahalla fuqarolar yig'ini bo'lib,              76 foiz markazlashgan ichimlik suvi bilan to'liq ta'minlangan. Bundan tashqari tuman aholisi hududda mavjud 4 ta buloq suvidan ham iste'mol uchun foydalanadi.

         O'tgan 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida “Xushyor”, “G'aznov”, “Mulgon” mahalla fuqarolar yig'inlarida 6,1 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortildi. “Farg'ona suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyatining o'z mablag'lari hisobidan 3 dona ichimlik suv nasoslarini o'rnatish va 8,8 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.

         Davlatimiz rahbari topshirig'iga asosan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri Muzaffar Saliyev rahbarligida tuzilgan ishchi-guruh ishtirokidla har bir mahallarda o'rganishlar olib borildi va aholining murojaatlarini inobatga olgan holda, 2020-2021 yillarda So'x tumanida ichimlik suv ta'minotini rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqildi.

         Jumladan, So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri Muzaffar Saliyev joriy yilning 1-3 iyunь hamda  1-2 iyulь kunlari Farg'ona viloyatida xizmat safarida bo'ldi. Vazir dastur doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirib, barcha ishlarni karantin tartib qoidalariga qat'iy amal qilgan holda olib borilishini ta'minlash, shuningdek aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga qator topshiriqlar berdi.

         Har hafta videokonferentsiya orqali Farg'ona viloyatidagi mutasaddilar bilan yig'ilishlar o'tkazildi, tumanda mazkur yo'nalish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va sifatli bajarish bo'yicha topshiriqlar berib borilmoqda.

         So'x tumanida istiqomat qiluvchi axolini ichimlik suv ta'minotini yaxshilash maqsadida hozirgi kunga qadar, hududlarda jami: 20,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. 1 dona yangi ichimlik suv nasosi o'rnatildi. Jumladan:Sebzor MFY da 4,8 km, Xushyor MFY da 0,6 km, Qaqir MFYda 0,9 km, Sharkobod MFYda 2,3 km, Chashma MFYda 2,6 km, Oftobru MFYda 2,9 km, Guliston MFYda 1,3 km, Zangat MFYda 1,4 km, Soxibkor MFYlar xududida 0,8 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi.

         Bundan tashqari Xushyor MFY Bo'ston ko'chasidagi mavjud ichimlik suv qudug'iga ETSV-6-10-80 markali yangi suv nasosi o'rnatildi. Ushbu ishlar natijasida mazkur xududlarda istiqomat qiluvchi 850 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi 3500 nafardan ortiq  axolini hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasi va 2 dona umumta'lim maktabidagi ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi.

         Shuningdek, “Farg'ona suv ta'minoti” MChJ ning o'z mablag'lari hisobidang ham Chashma MFYdagi  Ko'xzor ko'chasiga 2,6 km  ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Bugungi kunda ob'ektlarda  qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi                    “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4798-sonli qaroriga qabul qilinib, amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

        Jumladan, “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir”, Qarir-sebzor”, Ravon, Sarikanda, Hazrat Ali, Yangiariq, Navobod, Lenburg, Qalacha, G'aznov, Chashma, So'x, Demursand va Sharqobod kabi mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi aholini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida, 108,5 milliard so'm mablag'lar doirasida  274 kilometr ichimlik suv tarmog'i tortiladi. 30 dona ichimlik suv inshootini qurish va rekonstruktsiya qilish, 9 dona yangi ichimlik suv qudug'i qazish, 7 dona ichimlik suv havzasini qurish kabi ishlar rejalashtirilgan. Mazkur ishlar natijasida So'x tumanida istiqomat qiluvchi 59 ming nafar fuqarolar toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.

    Xulosa qilib aytganda  So'x tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 2021 yil oxiriga qadar 97%ga yetkaziladi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati