Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yana 3 nafar bemor reabilitatsiya qilindi

×

 2020-08-01 11:54:22    54

PDF yuklash
Chop etish


Yana 3 nafar bemor reabilitatsiya qilindi

         Kun qahramonlari. Kim ular? Bu savolga har bir inson har xil javob berishi mumkin. Albatta, o'zining shaxsiy tahlili asosida. Mening nazarimda bugun, ayni shu kunlar hamma ham qahramon bo'lishga qodir va haqli. Agar sidqidildan mehnat qilsa, astoydil qilingan mehnatlari bilan xalqning chinakam ishonchini qozona olsa.

         Ular – tunni kunga ulab, koronavirus infektsiyasi bilan yoqalashib, xastalik yostig'iga mixlanib qolgan bemorlarning to'shagi ustida bir necha qavatdan iborat maxsus liboslarni kiyib, faoliyat olib borayotgan shifokorlarimiz, yashash manzillarimizda, tashkilot-muassasalarda, blok-postlarda, chegara punktlarida maxsus apparatlarni ko'tarib, zararsizlantirish, dezinfektsiyalash ishlari bilan band bo'lgan sanitariya-epidemiologik va osoyishtalik markazlari xodimlari, ularga ko'makdosh bo'layotgan shartnoma asosida ishga qabul qilingan dezinfektorlar, ayni pandemiya davrida va Qurbon hayiti kunlarida ijtimoiy ko'makka mo'htoj bo'lgan fuqarolarga o'zidan ortganini ulashayotgan saxovatpesha insonlar, xalq manfaatini hammadan ustun qo'yib, xalqning roziligiga erishish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan oddiy ishchi-xodimlar va zimmalariga o'lkan mas'uliyatni olgan mas'ullardir. Bu ro'yixatni davom ettirish mumkindir balki. Lekin biz shu kunning qahramonlari haqida so'z ochdik.

         Ertalab, soat 11-larda bizga Sux tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh hakimi Manuchehr Ahroriy qo'ng'iroq qilib, bir xushxabarni yetkazdi: bugun tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 3 nafar bemorga ruxsat berildi. Endi ular hayitni oila davrasida nishonlaydilar. Haqiqatan ham, Qurbon haytitiga mos va xos quvonchli xushxabar. Ma'lum bo'lishicha, tuman SEOM bosh shifokori bizga ish joyidan qo'ng'iroq qilgan ekan. Ya'ni bayramda ham sanitariya xodimlari ishda, xalq salomatligi yo'lida faoliyatini davom ettirishmoqda. Aslida, karantin cheklovlari, joriy etilgan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etib, oila davrasida bayram shukuhidan bahramand bo'layotgan fuqaro ham qahramondir. Chunki o'zining va yaqinlarining salomatligini asrashga intilmoqda. Shuning uchun, aziz vatandoshlar, hurmatli Suxliklar! O'zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasi tomonidan joriy etilgan karantin cheklovlariga hayit kunlari qat'iy rioya eting. O'zingizni asrang! Duoda bo'ling, toki boshimizga kelgan balo-ofatlardan Yaratganing O'zi asrasin.

         Ma'lumot o'rnida: Sux tumanida ayni paytda 534 nafar fuqarolarimiz uy karantiniga olingan bo'lib, ular mutasaddiy tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Hozirgi kunda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 17 nafar fuqaro koronavirusga gumonlanib, yotqizilgan. Shu kunga qadar 12 nafar bemor reabilitatsiyaga chiqarilgan, o'zlarini yaxshi his qilishmoqda.

          Yana bir karra barcha aziz Suxliklarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, barcha vatandoshlarimizga Ollohdan omad va sihat-salomatlik tilaymiz. O'zingizni asrang va shu orqali boshqalarni ham ehtiyot qilishga erishasiz. Birgalikda, birtanu birjon bo'lib bu ofatni yengamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati