Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Koronavirusni birga, birgalikda yengamiz!

×

 2020-07-30 19:29:15    64

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirusni birga, birgalikda yengamiz!

         Viloyatimizning eng chekka tumani – Suxda ham koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan joriy etilgan karantin cheklovlariga qat'iy rioya etish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mahallalar kirish qismida tashkil etilgan blok-postlarda hamkor tashkilotlar say-harakati tufayli aholiga karantin cheklovlariga qat'iy rioya etish shart va zarurligi tushuntirilmoqda. Hududlarda faoliyat olib borayotgan sayyor radiouzellar orqali tuman madaniyat bo'limi vakillari tomonidan ham aholi o'rtasida karantin tartib-qoidalari va unga rioya etish har bir fuqaroning asosiy vazifasi ekanligi yetkazilmoqda.

         Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari ham har kuni aholi yashash punktlari, tashkilot-korxona va muassasalarda dezinfektsiya qilish ishlarini muntazam olib borishayotir. -“Biz ilgari ishlash uchun Rossiya davlatiga borib kelardik. Koronavirus pandemiyasi davrida bugun buning iloji yo'q. Tuman hokimidan minnatdormiz, ularning yordami bilan tuman SEOM ga ishga kirdik. Har kuni dezinfektsiya va zararsizlantirish ishlarini olib borayapmiz. Maoshimiz ham yaxshi, vaqtida to'lab berishmoqda. Prezidentimiz tomonidan 27 iyulь kuni qabul qilingan 4790-sonli “O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbiri to'g'risida”gi qarori ham aynan ushbu soha vakillariga qaratilgan e'tibor samarasi deb bilamiz”,-deyishadi shartnoma asosida tuman SEOMga ishga qabul qilingan Vositjon Kamolov va Abdullojon A'zamovlar. Ha, bugun ko'nglida vatanga nisbatan xayrixohlik hissi bo'lgan fuqaro borki, koronavirus pandmiyasiga qarshi kurashda faollik ko'rsatmoqda.

         Tuman hokimi S. Sayidmusayev va sektorlar rahbarlari tomonidan ham tuman hududidagi mahallalarda tashkil etilgan blok-postlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilayapti. Bugun tuman hokimi S. Sayidmusayev Tul mahallasida faoliyat yuritayotgan blok-post mas'ullari bilan uchrashdi. –“Yoshim 57 da. Barcha O'zbekistonlik fuqarolar qatorida men ham o'zimni koronavirus pandemiyasini oldini olishga mas'ul deb bilaman. Shuning uchun, yelkamga dezinfektsiya uskunasini olib, blok-postdan o'tayotgan har bir transport vositasini dezinfektsiya qilayapman. Fuqarolarimiz ham ancha karantin cheklovlariga o'rganib qolishdi. Faqat bizga o'z vaqtida zaruriy zararsizlantirish uchun lozim bo'ladigan vositalarni yetkazib berishsa bo'ldi, biz har doim xizmatdamiz”,-dedi tuman hokimi bilan so'hbatda Mullojon Mullojonov.

         Darhaqiqat, bugungi kunning asosiy mavzusi – karantin cheklovlari va tartib-qoidalariga qatiy rioya etishdan iborat. Agar har bir fuqaro o'rnatilgan karantin tartib-qoidalari va cheklovlariga amal qilsa, eng avvalo, o'zining va atrofdagilarning salomatligini asarashga o'z hissasini qo'shgan bo'ladi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati