Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi “Rushnoiy” podstantsiyasi aholiga rushnolik baxsh etmoqda

×

 2020-07-11 16:07:31    76

PDF yuklash
Chop etish


Yangi “Rushnoiy” podstantsiyasi aholiga rushnolik baxsh etmoqda

         E'tirof etish lozimki, bugun Sux tumanida Respublika hukumati va bevosita Prezidentimizning e'tibori tufayli hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish bo'yicha ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tumandagi elektr-energiyasi bilan bog'liq bo'lgan muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich hal etilib, aholining haqli ravishdagi roziligiga sabab bo'lmoqda.

         Olib borilgan keng qamrovli ishlar natijasi o'laroq, Sux tumanida yana bitta elektr-energiyasi yetkazib beruvchi yangi podstantsiya bugun foydalanishga topshirildi. Ma'lumot o'rnida: joriy yilda Sux tumani elektr-energiya iste'molchilari ta'minotini yaxshilash maqsadida 110/35/10 kVli “Devayron” podstantsiyasida 16 000 kVli T-2 kuch transformatori ishga tushirilib, kuchlanish berildi. 110/35/10 kVli “Tul” podstantsiyasida 10 000 kVli T-1 kuch transformatori hamda elektr qurilmalari makammal ta'mirlandi. Shuningdek, tuman hududidagi “G'aznov”, “Sux”, “Sharqobod” podstantsiyalarida ham ta'mirlash va demontaj ishlari olib borilib, aholiga elektr-energiyasi ta'minotida qulayliklar yaratildi.

         Bugun tumanning 3-sektori hududida yashaydigan aholi uchun unutilmas, tarixiy kun bo'lib qoladi. Sektor tarkibiga kiruvchi Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida yangi “Rushnoiy” podstantsiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi 35/10 kVli podstantsiyaning ulash-sozlash ishlari oxiriga yetkazilib, hudud aholisiga taqdim etildi.

         Taqdimot marosimida mahallada yashovchi nuroniy otaxonlar, viloyatdan kelgan soha vakillari va tuman ETK ishchi-xodimlari qatnashdilar. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayev bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida tuman miqyosida asrga tatigulik ishlar olib borilayotgani, birgina elektr-energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida ajratilgan milliardlab mablag'lar haqida gapirib, hudud ahlinin ushbu shodiyona bilan tabrikladi.

         -“Haqiqatan ham bugungi kunda tumanimizda Yurtboshimizning g'amxo'rliklari tufayli e'tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, bizning mahallamizda shu kunga qadar tuman miqyosida “svet o'chirishlari” bo'lmasada, elektr-energiyasi ta'minotida ko'p uzilishlar yuzaga kelardi. Sabab transformatorlarning ma'nan eskirganligi va past kuchlanishda bo'lganligi. Mana, endi ikkinchi sektor hududidagi Sarikanda mahallasining bir qismi, Qizilqiyoq, Sharqobod, Hushyor, Sebzor, Qaqir mahallalari o'zlarining “shaxsiy” podstantsiyalariga ega bo'lishdi. Men butun uchinichi sektor aholisi nomidan mo'htaram Prezidentimizga samimiy minnatdorchlik bildiraman”, - dedi tadbirda so'z olgan otaxon Tuychiboy Safarxo'jayev.

         Tadbirda qatnashgan ishtirokchilar tomonidan karantin talablariga rioya etgan holda yangi podstantsiya foydalanishga topshirildi. Tuman ETK ishchilari tomonidan yangi podstantsiyadan foydalanish uchun start berildi. Ro'shnolik manbasidan podtsantsiya ko'zatuv binosiga o'rnatilgan zamonaviy chiroqning porlashi barcha ishtirokchilar ko'ngliga rushnolik ulashdi desak, mubolag'a emas.

         Ma'lumot o'rinida: ayni kungacha tumanda faqat elektr-energiyasi ta'minotini yaxshilash uchun davlat hisobidan 3 milliard 528 million so'm mablag' sarflandi. Yangi podstantsiyaning foydalanishga topshirilishi bilan qo'shimcha 16 000 kVA quvvat yaratilib, 15 000 nafardan ziyod iste'molchilarning elektr-energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

         Hukumatimiz e'tibori doirasida foydalanishga topshriligan yangi  “Rushnoiy”  podstantsiyasi aholiga haqiqiy rushnolik bag'ishlashiga ishonamiz. Rushnolikdan bahra olayotgan tuman ahli berilayotgan keng miqyosli har bir e'tibordan bahra olib, nurli manzillar sari ildam odimlamoqdalar. Tuman miqyosida obodonlashtirish ishlari qizg'in davom etayotir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati

                   “Farg'ona HETK” AJ Matbuot xizmati