Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Karantin tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilaylik!

×

 2020-07-10 19:36:32    75

PDF yuklash
Chop etish


Karantin tartib-qoidalariga qat'iy rioya qilaylik!

         Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlari so'nggi kunlarda izchil o'sib borayotganligi hududlarda sanitariya-gigiyena nazoratini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Respublika hududida 2020 yil 10 iyulьdan 1 avgustgacha qadar karantin cheklovlarini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar belgilandi. Sux tumanida ham mazkur qaror ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

         Tuman hokimining farmoyishiga ko'ra, koronavirus infektsiyasini Sux tumani hududiga kelishi va tarqalishini oldini olish va nazorat qilish buyicha tuman hokimligida shtab tashkil etildi. Shtab tarkibi 18 nafar mas'ul shaxslardan iborat bo'lib, tuman hokimi boshchiligida shtab a'zolari tumanda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash tadbirlari yuzasidan qattiq nazorat olib borishadi.

         Aholi o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish bo'yicha qattiq nazorat o'rnatish, hududlarda dezinfektsiya ishlarini tizimli tashkil etish, ommaviy tadbirlar tashkil etishga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish, karantin qoidalari, jumladan, tibbiy niqob va qo'lqoplar taqilishini qattiq nazoratga olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish shahobchalari (restoran, kafe, choyxona)larda sanitariya qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bevosita tumandagi tashkilot va korxonalar hamda sektor rahbarlari zimmasiga yuklatilgan.

         Farmoyishga asosan tuman ichki ishlar bo'limi, milliy gvardiya bo'limining qo'riqlash xizmati, sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektsiyasi, tuman Davlat soliq inspektsiyasi, tuman IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'limi, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman hokimligi Axborot xizmati, Sux TV studiyasi rahbarlariga tumanda olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarida bevosita ishtirok etish vazifalari yuklatilgan.

         Bugundan boshlab, tuman hududida karantin talablariga qat'iy rioya etish bo'yicha aholi o'rtasida tag'ibot-tashviqot ishlari kuchaytirildi. Tuman sanitariya-epidemilogiya nazorat inspektsiyasi rahbari F. Farxiddinovning ma'lumotiga ko'ra, tuman chegara nazorat-o'tkazish punktidan bugun 43 ta avtomashinalar dezinfektsiya orqali o'tkazildi. Ayni kunda  tumanda 59 nafar fuqarolar uy karantiniga olingan bo'lib, 17 nafar fuqarolardan tahlil olindi.

         Barcha tuman SEOM xodimlari tomonidan tuman markazida joylashgan mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo do'konlari, dorixonalar, qassobxonalar va davlat idoralariga tarqatma materiallar va rasmiy ogohlantirishlar tarqatildi. Faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlik sub'ektlariga, savdo bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarga savdo jaaryonida niqob va qo'lqop taqib olishlari, ob'ektning kirish qismiga dezinfektsion to'shama solish va antiseptiklardan foydalanish qat'iy ekanligi tushuntirildi. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan kiyim-kechak savdo do'konlari tuman davlat soliq insipektsiyasi xodimlari hamkorligida vaqtincha to'xtatildi.

         Mahallalarda ham koronavirus pandemiyasini oldini olish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Eng asosiy diqqat-e'tibor ko'chalar, aholining yashash manzillari, ko'chalarda harakatlanayotgan avtomobillarni dezinfektsiya qilish ishlariga qaratilgan.

                Sux tumani hokimligi Axborot xizmati