Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Suxlik 53 nafar bitiruvchi – oltin va kumush medallar sohibi!

×

 2020-07-07 20:41:39    69

PDF yuklash
Chop etish


Suxlik 53 nafar bitiruvchi – oltin va kumush medallar sohibi!

         Mo'htaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Sux tumani rivojlanishiga berilayotgan e'tibor tuman ahli hayotidagi tarixiy voqealardan biri desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Ayniqsa, tuman yoshlariga qaratilgan e'tibor va ularga ko'rsatilayotgan otalarcha g'amxo'rlik ham tuman fuqarolari yodida mangu qolajak. Birgina oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun berilgan 500 ta kvota haqiqatan ham tarixiy voqeadir. “Xursandchilik qo'shaloq keladi” deganlaricha bor ekan. Bugun butun tuman ahli uchun unutilmas, tarixiy kun bo'lib qoladi.

         Bayramona bezatilgan tuman madaniyat uyida bugun katta tantana, shodiyona kechasi bo'lib o'tdi. Tuman ta'lim muassasalarida bilim olgan eng peshqadam va faol o'quvchilarga oltin va kumush medallari topshirildi. Bu baxtga 53 nafar bitiruvchilarimiz muyassar bo'lishdi. Bu viloyat miqyosidagi eng yaxshi ko'rsatgich. Bu Sux tumani ta'lim fidoiylarining haqiqiy g'alabasi desak, mubolag'a emas.

         Sux tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Amirjon Temirovning ma'lumotiga ko'ra, 2019-2020 o'quv yilida tumanimizdagi ta'lim muassasalarini jami bo'lib 955 nafar o'quvchilar 11-sinfni bitirib, shundan 21 nafar o'quvchilar oltin medal va 32 nafar o'quvchilar kumush medallar sohibi bo'ldilar. O'quv yili davomida 9-sinf o'quvchilaridan 151 nafari a'lo darajali shahodatnomalar bilan maktabni bitirdilar.

         Eng faol va eng peshqadam bo'lgan bitiruvchilarimzga oltin va kumush medallarni Sux tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy ma'rifiy ishlar buyicha o'rinbosari Bobosodiq Latipov va Sux tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Amirjon Temirovlar tantanali tarzda topshirishdi.

         Ta'lim sohasidagi eng yuksak mukofotlarini olar ekanlar, Suxlik bitiruvchilar kelajakda o'qib, o'rganib, Vatanimizning rivoji va ravnaqi yo'lida astoydil mehnat qilish va faoliyat yurgizishga va'da berdilar. Butun Sux tumani ahli nomidan barcha dono va bilimli farzandlarimizni yuksak mukofotlar bilan samimiy qutlaymiz. Mukofot muborak bo'lsin, aziz bitiruvchilar!

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati