Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida IPTV tizimi bo'yicha xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi

×

 2020-07-03 18:05:17    74

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida IPTV tizimi bo'yicha xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi

         Bugun hayotni aloqa vositalarisiz, ayniqsa, mobilь telefonsiz umumuan tasavvur etib bo'lmaydi. Respublika hukumati va bevosita Prezidentimizning e'tibori tufayli Sux tumanida aloqa sifatini yaxshilash borasida Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

         Tadbir boshidan tumanning G'aznov-Tul, Qal'acha-Tul, Umbara-Tul, Devayron –Tul va Rovon-Malbut yo'nalishlarida ma'nan eskirgan yog'ochli tayanchlar o'rniga 200 ga yaqin temir betonlar o'ratilib, 80 kilometrga yaqin optik tolali aloqa liniyalari tortildi. Shu kungacha tumanning Lenburg, Rovon, Chashma mahallalarida 5 ta mobiь aloqa baza stantsiyalari ishga tushirildi. Xususan, tuman markazi va Chashma mahalla fuqarolar yig'inida  ikkita antenna qurilmasi o'rnatilib, ishga tushirildi. Endilikda tuman hududida aholi “UMS”-2, “UzMobile” va “UCell” aloqa kompaniyalari xizmatidan foydalanishmoqda.      

         “O'zbektelekom” AK “UzMobile” filialining Malbut, Hushyor, Istiqlol mahallalari, Sux radio televizion stantsiyasi va tuman markazida o'rnatilgan baza stantsiyalarigacha tashkil etilgan transport tarmog'ining o'tkazuvchanlik qobiliyati, ya'ni aloqa sifati 2 barobarga oshirildi.

         “O'zbektelekom” AK “UzMobile” filialining tumandagi 10 ta baza stantsiyalari yuqori tezlikdagi (“4G” standartida) internet texnologiyalari asosida modernizatsiya  qilindi. Natijada Zangat, Chumoqcha, Mulgon, Demursad, Lenburg, G'aznov, Qal'a, Qal'acha, Sarikanda, Qizilqiyoq, Saribozorcha, Chashma, Tul, Malbut, Hushyor, Guliston, Istiqlol, Devayron, Umbara, Rovon hududida mobilь aloqa sifati yaxshilandi va internet tezligi oshdi. Yana bir yangilik: tuman markaziy shifoxonasi internetga ulanib, Farg'ona viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi o'rtasida bemorlarga masofadan turib, videoko'zatuv orqali onlayn ravishda konsulьtatsiya berish va tashxis qo'yish tizimi joriy etildi.

         Sux tumani telekommunikatsiyalar bog'lanmasi mutaxassisi Umedjon Mansurovning ma'lumotiga ko'ra, tumanning Rovon mahallasida birinchilardan bo'lib, IPTV (kabel televideniye) tizimi ishga tushirildi. Shuningdek, GPON texnologiyalari bo'yicha shartnoma asosida aloqa sohasida 4 ta xizmat ko'rsatish tizimi ham yo'lga qo'yildi.

         Yana bir muhim jihatni qayd qilish lozim. Ayni paytda tumanda viloyatdan kelgan 28 nafar mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda va Sux tumani yoshlarini bandligini ta'minlash maqsadida ham aloqa bo'limiga 20 nafar yoshlar shartnoma asosida ishga qabul qilindi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati