Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahallada teatr binosi qurilmoqda

×

 2020-07-03 17:57:25    88

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada teatr binosi qurilmoqda

         Prezidentimiz tomonidan belgilab bergan beshta muhim tashabbusni hayotda tatbiq etish, bu yo'nalishda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish, shuningdek, o'sib kelayotgan barkamol avlod ma'naviyatini yuksaltirish bo'yicha tumanimizda tizimli ishlar olib borilmoqda.

         Xabaringiz bor, Oftobru mahallasida joylashgan ikkinchi sektor binosida “Besh tashabbus markazi” foydalanishga topshirilib, bugun bu markaz yoshlarning sevimli makoniga aylanib qolgan. Bevosita ikinchi sektor rahbari, tuman prokurori F. Abduvaliyev tashabbusi bilan tashkil etilgan markaz bugun fuqarolar xizmatida.

         Bunday ishlar Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida ham olib borilmoqda. Bevosita mahalla raisi Subhonali Nishonov boshchiligida mahallada yangi kitobxona qurib, foydalanishga topshirilgan edi. Bugun mahalla ahli yana bir ezgu ish ustida harakat qilishayotir. Mahallada yangi teatr binosi qurilmoqda. –“Biz saxovatpesha homiylarimizdan minnatdormiz, chunki teatr binosi uchun barcha zaruriy ashyolar va qurilish mollari ularning ko'magida olinmoqda. Misol uchun, mahallaning doimiy jonkuyari Yulduzxon Nishonova tomonidan teatr tomini yopish uchun zarur bo'lgan shiferlar to'laligicha olib berildi. Buning uchun, saxovatpesha homiy ayamizga mahalla ahli nomidan minnatdorchilik bildiraman”, - deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.     

         Darhaqiqat, bugun saxovatpesha insonlarimiz Sux tumanini obod go'shaga aylantirish ishlarida o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shishmoqda. Ayni paytda mahallada Respublikadan kelgan ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar olib borilyapti.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati