Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qo’llab-quvvatlash – kunning dolzarb mavzusi

×

 2020-05-22 18:09:41    59

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qo’llab-quvvatlash – kunning dolzarb mavzusi

         Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 19 may kungi tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizning baʼzi hududlarida tadbirkorlarga berilayotgan eʼtibor, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi tanqid ostiga olingan edi. Аlbatta, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikr va eʼtirozlardan har bir hudud rahbari xulosa chiqarib, bu yo’nalishda tizimli ishlar olib borishi talab etiladi. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Sux tumanining birinchi sektori hududida bevosita sektor rahbari, tuman hokimi Farrux Usarov boshchiligida koronavirus pandemiyasi davrida eʼlon qilingan karantin tartib-qoidalariga rioya qilgan holda hududdagi tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash hamda muammmolarini oʼz vaqtida yechishga amaliy yordam koʼrsatish boʼyicha sektor binosida tadbirkorlarning sayyor qabuli o’tkazildi. O’tkazilgan sayyor qabulda Tul, Qalʼacha, Gʼaznov, Sohibkor mahalla fuqarolar yigʼinida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar qatnashib, tuman hokimiga mavjud muammo va kamchiliklarini bayon etishdi.

         “Men bir necha yildan beri tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanaman. Bizga berilayotgan eʼtibordan ro’hlanib, mahallada makaron ishlab chiqarish sexi ochib, bir necha yil faoliyat olib bordik. Lekin mana uch yildirki, sex faoliyati to’xtalib qolgan. Faoliyatimizni tiklash uchun mablagʼ lozim. Bu muammo yuzasidan tumanimiz hokimiga murojaat etuvdim, sayyor qabuldan so’ng mana, o’zlari kelib, asl holatni o’rganishdi. Tuman hokimi tavsiyasi bilan endilikdla men bankdan olinadigan kredit orqali faoliyatimni tiklashim mumkin. Shuningdek, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish niyatim ham yo’q emas. Аlbatta, berilayotgan bunday eʼtibordan ro’hlanib, tumanimiz iqtisodiyotining rivojiga o’z hissamni qo’shishga astoydil harakat qilaman” – deydi Gʼaznov mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkor Tillo Nusratullloev. Darhaqitqat, sayyor qabuldan so’ng, tuman hokimi Farrux Usarov va Bosh vazir qabulxonasining Sux tumani bo’limi mudiri Masudjon Jumaev tomonidan “Guzari Bahrigul” xususiy korxonasi tarkibida faoliyat olib borgan makaron sexi faoliyatini tiklash bo’yicha tadbirkorga zaruriy tavsiyalar berildi.

         Bu o’tkazilgan sayyor qabuldan birgina misol xolos. Bugun yana 6 nafar tadbirkorlar ham o’zlarining muammo va kamchiliklari haqida tuman hokimiga murojaat etishdi. Bildirilgan barcha muammolar qisqa muddatlarda hal etilishi tuman hokimi tomonidan taʼkidlandi. Har bir murorjaat qilgan tadbirkorga tuman hokimining tashrif qogʼozlari taqdim etildi. Darhaqiqat, tadbirkorlarni qiynatgan muammo va kamchiliklar ijobiy hal qilinsa, hududda rivojlanish va taraqqiyot bo’ladi. Zero, tadbirkorlikni rivojlantirish va soha vakillariga zaruriy sharoitlarni yaratib berish davlat ahamiyati darajasidagi masala hisoblanadi.

         Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha navbatdagi chora-tadbirlar to’gʼrisida”gi PF-5996-sonli Farmoni bilan berilayotgan imtiyozlarni tadbirkorlarning keng qatlamiga yetkazish bo’yicha ham Sux tumanida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Bugun bevosita Bosh vazir qabulxonasining Sux tumanidagi bo’limi mudiri Masudjon Jumaev birinchi sektor hududidagi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga Farmonning asl maqsadi va mazmun-mohiyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib bordi.

         Аlbatta, qilinayotgan barcha harakatlar jamiyatimizda tadbikorlarga keng va qulay sharoitlar yaratib berish, tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat. Berilayotgan barcha eʼtibordan tadbirkorlarimiz ham ro’hlanib, Vatan rivoji va taraqqiyotiga, iqtisodiyotimizning yuksalishiga o’zlarining arzirli hissalarini qo’shishadi deb ishonamiz. Tadbirkori eʼzozlangan yurtda taraqqiyot va rivojlanish bo’lishi sinalgan hayotiy haqiqat ekanligi rost gap.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati