Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Har bir murojaatga alohida eʼtiborli bo’lish – davr talabi

×

 2020-05-20 09:10:18    64

PDF yuklash
Chop etish


Har bir murojaatga alohida eʼtiborli bo’lish – davr talabi

         Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʼona viloyati Sux tumani Xalq qabulxonasi mudiri tuman hokimi hamkorligida tumanning eng chekka qishloqlaridan hisoblangan Gʼaznov mahallasida amalga oshirilgan sayyor qabulda mahallaning Sholikor ko’chasida yashovchi Taliev R. mahallada elektr kuchlanishi pastligi, qushimcha tok transformatori oʼrnatish zarurligi haqidagi muammo hal etilmayotganligi toʼgʼrisida murojaat etgan edi. Murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan oʼrganildi. Shundan so’ng, mahallada bir dona TPTM-100 rusumli tok transformatori soha mutaxassislari tomonidan oʼrnatilib, muammo bartaraf etildi.

         Tuman prokurori bilan ikinchi sektorning Oftobroʼ mahallasida amalga oshirilgan qabulda mahallaning Dasht ko’chasi 72-uyda yashovchi Boboev А.ning mahallaga keladigan asosiy yul yillar davomida taʼmirlanmasdan kelayotganligi haqidagi murojaati asosida tuman yullardan foydalanish boʼlimi tomonidan 150 metr yul taʼmirlanib, 50 milion soʼmlik ish xajmi bajarildi.

         Bugun aytish mumkin, aholi murojaati bilan ishlash va mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish tizimi o’zining samaralarini bermoqda. Zotan, aholi dardu muammosi bilan ishlash va ularning bartaraf etilishidagi harakatlar davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati