Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saxovat amallarida deputatlarning ishtiroki

×

 2020-05-19 16:58:31    90

PDF yuklash
Chop etish


Saxovat amallarida deputatlarning ishtiroki

         "Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati doirasida tumanimizning barcha hududlarida xayr-ehson amallari keng quloch yoygan. Qo’li ochiq insonlar, saxovatpesha tadbirkorlarimiz bu yo’nalishda o’rnak bo’lishayotir. Shani ham alohida taʼkidlash lozimki, bunday ezgu amallarda deputatlarimizning ham faolligi sezilayapti. Zotan, deputat xalq bilan hukumat o’rtasidagi ko’prik sanaladi. Deputatlarga xalq ishonch bildirib ovoz bergan. Xalqqa xizmat qilish, xalq bilan birtanu birjon va hamnafas bo’lish deputatlarning asosiy vazifasidir. Lenburg saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat Rovzaxon Hakimova ham ro’zai Ramazon kunlarida mahallada yashovchi ehtiyojmand oilalarga tashrif buyurib, tuman hokimi Farrux Usarov bilan birgalikda mahalladoshlariga ehsonlar tarqatdi. Eng muhimi inson uchun eʼtibor sanaladi. O’z xalqiga, saylovchilariga sodiq va vafodor bo’lgan deputat albatta faoliyati davomida muvaffaqiyat qozonadi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati