Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mediatsiya nima?

×

 2020-05-19 09:14:04    788

PDF yuklash
Chop etish


Mediatsiya nima?

         2018 yil 3 iyulda Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, taraflarning mediatsiyani qoʼllash bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʼrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qoʼllanilishi belgilandi.

         Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʼzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʼmagida hal qilish usuli. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi boʼyicha amalga oshirilishi mumkin:

•        fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar;

•        yakka mehnat nizolari;

•        oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar.

         Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yoʼl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi.

         Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining imzosi bilan kuni kecha amaliyotga tatbiq qilingan “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonun muomalaga mediatsiyaga oid yangi tushunchalarni olib kirishi barobarida, jamiyat hayotining yana bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga soladigan boʼldi. Аyni paytda Oʼzbekiston nizolarni hal qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanishning dastlabki bosqichida turibdi.

         Аsosoan Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” maʼnosini anglatadi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning oʼzaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis boʼlgan shaxs, yaʼni mediator koʼmagida hal qilish usulidir. Bugungi kunda Oʼzbekistonda mediatsiyaga oʼxshash yarashtiruv protseduralari turli nizolarni hal etishda qoʼllanib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotgan taraflarni, xususan, qoʼshnilar oʼrtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yarashtirish faoliyatini ham mediatsiyaning bir shakli sifatida koʼrish mumkin. Jamiyatimizda avvaldan mahalla raislari qoʼshnilar, oila aʼzolari, er-xotin oʼrtasidagi nizolarni hal etish vazifasini, yaʼni mediator vazifasini bajarishgan.

         Xorijiy davlatlara masalan Buyuk Britaniyada mediatsiya barcha kategoriyadagi sud ishlarida qullaniladi. Probatsiya xizmati jabrlanuvchi va ayblanuvchi urtasida yetkazilgan zararni bartaraf etish lozimligini tushuntirib vositachilikni amalga oshirishi mumkin. Аgar mediatsiya jarayonida tomonlar urtasida kelishuvga erishilsa va shartnoma imzolansa, ishni kurayotgan sudьya bu xolatni jazoni yengillashtiruvchi xolat sifatida eʼtiborga oladi. Natijada ikkala tomon xam manfaat kuradi. Jumladan, jabrlanuvchi aybdorga jazo tayinlash jarayonida bevosita qatnashgan holda, shartnomaning majburiy sharti bulgan kompensatsiya mixdorini uzi belgilaydi. Oʼz navbatida aybdor xam uziga nisbatan tayinlanayotgan jazoning yengillashtirishida manfaatdor bulib hisoblanadi.

         Buyuk Britaniyada qullaniladigan mediatsiyaning yana bir turi bu politsiya mediatsiyasi bulib, tarixan dastlab voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda qoʼllanilgan, keyinchalik esa aybdor yoshidan qatʼi nazar barcha yoshdagilarga nisbatan qoʼllanila boshlangan.

         Shu tariqa, mediatsiya – oldingi mexanizmlardan farqlanuvchi yangi koʼrinish. Har qanday yangilik kabi u amaliyotda sinovdan oʼtkaziladi.

 

                   B. Enazarov - Sux tuman adliya boʼlimi

                                      bosh maslahatchisi