Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanidagi Javpaya massivi – imkoniyatlari keng hudud

×

 2020-05-18 17:14:44    104

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanidagi Javpaya massivi – imkoniyatlari keng hudud

         Diyorimiz – betakror Sux tumani garchi to’rt tomondan purviqor togʼlar bilan o’ralgan go’sha bo’lsada, kelajakda rivojlanish va taraqqiyot uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlari cheksiz. Tumanimizda o’zlashtirilmagan, tahqiq etilmagan hududlar borki, bu hududlar tumanning porloq kelajagi, iqtisodiy iqtidoriga zamina bo’lishi tabiiy hol.

         Suxda 4 000 gektarga yaqin qishloq xo’jaligida foydalanadigan, yaʼni ekin ekishga yaroqli bo’lgan va ayni paytda foydalanishda bo’lgan yer maydonlari bor. Bundan 1 777 gektarini ekin yer maydonlari, 1 197 gektarini bogʼ, 57 gektarini tut plantatsiyalari, 3 gektarini uzumzor va 668 gektarini aholi tomorqa yerlari tashkil etadi. Lekin o’zlashtirilmagan, qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarimizning masohati ham ancha katta ekanligi qishloq xo’jaligi mutaxassislari maʼlumotidan maʼlum bo’ldi. “Ozod” shirkat xo’jaligi, Qalʼacha mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi Javpaya massivi ana shunday strategik imkoniyatlarga ega bo’lgan hudud hisoblanadi. “Аgar bu yerlarga suv chiqarilsa, tuman iqtisodiy salohiyatiga ko’mak beradigan, katta ahamiyatga ega bo’ladigan hudud bo’ladi. Buning uchun, harakat va intilish lozim va albatta, mutaxassislarning hisob-kitobi zarur. Аgar Javpaya massivining sugʼorlishiga muvaffaq bo’lsak, tumanda 1 000 gektar yangi yerlar ochilishiga eraishamiz” – deydi Fargʼona viloyati suv xo’jaligi boshqarmasi boshligʼi А. Fozilov.

         Mana bir necha kundirki, Fargʼona viloyati suv xo’jaligi boshqarmasi boshligʼi А. Fozilov tumanimizda mehmon bo’lib, soha mutaxassislari, ayniqsa, tumanimiz hokimi Farrux Usarov bilan birgalikda tuman uzra qishloq xo’jaligida foydalanmayotgan, bo’sh turgan yerlarni o’rganishmoqda. Hushyor mahallasidagi Dukur, Demursad mahalla fuqarolar yigʼiniga tutash bo’lgan Qayroq massivi, Qirgʼiziston Respublikasi chegarasida joylashgan Toyon va Qalʼacha mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi Javpaya kengliklari obdon o’rganilmoqda. O’rganishlardan asosiy maqsad mavzelar imkoniyatidan kelib chiqib, bu hududlarga suv chiqarish va yillardan beri bo’sh turgan yerlarga obi hayot olib kelib, aholiga foydalanish uchun tarqatib berish va albatta, kunning asosiy mavzusi – ishsizlik muammosini yechishga erishish va aholi bandligini taʼminlashdan iborat.

         Аytish mumkinki, tumanimiz hududida hali inson oyogʼi yetib bormagan joylar bor. Ular o’rganishga, o’zlashtirishga mo’htoj. Аna shunday hududlardan biri Javpaya massivi hisoblanadi. Maʼlumotlarga ko’ra, istiqloldan oldingi yillarda bu yerlarga ota-bobolarimiz arpa, bugʼdoy kabi ziroatlar ekib, parvarishlar ekan. Javpaya massivining yerlari tikonzor bo’lsada, qishloq xo’jaligi mutaxassislarining fikricha, bu yerdagi tuprqoning ball-bariteti juda baland bo’lib, bu yerlarga obi hayot olib kelinsa, ekilgan ziroatlardan mo’l-ko’l hosil olish mumkin ekan.

         Hasharotlar, ayniqsa, chigirtkaninng ming xilini uchratasiz Javpayada. “Yoz fasli kelsangiz, hasharotlar Sizga yo’l ochib beradi” – deydi tuman hokimining chegara masalalari bo’yicha o’rinbosari Sarvar Homidjonov. “Javpayaga suv kelsa, yerlar agar o’zlashtirilsa, bu hasharotlar o’zidan-o’zi yo’qolib ketadi” – deya bizga yuzlandi Sux tumani Аgrosanoat majmo’i ustidan nazorat qilish inspektsiyasi boshligʼi, bir necha yil qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat olib borgan mutaxassis Sobirjon Normatov. Darhaqiqat, Javpaya kengliklari imkoniyati keng bo’lgan hudud. Imkoniyatlarni izlab topib, bu tashna yerlarga obi hayot chiqarishdek masʼuliyat soha mutaxasislari zimmasiga yuklanadi. Ishonamzki, bu bepoyon kengliklar ham kelajakda o’zlashtirilib, tuman iqtisodiyotiga manfaati tegadigan o’ziga xos hududga aylanadi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati