Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatining samaralari

×

 2020-05-16 23:20:00    81

PDF yuklash
Chop etish


“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatining samaralari

            Kam taʼminlangan, ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarni moddiy va maʼnaviy qo’llab-quvvatlash, keksa, nuroniy otaxon va onxonlarning holidan xabar olish bizning xalqimizga xos fazilat hisoblanadi. Аyniqsa, ro’zai Ramazon kunlarida bu ezgu amallar yurtimizda keng quloch yoygan.

            “Bizning mahallamizda 3174 nafar aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni 567 ta, oilalar soni 653 tani tashkil etadi. Gʼaznovda 35 nafar ro’yixatga olingan kam taʼminlangan oilalar mavjud bo’lib, ushbu oilalarga muntazam ravishda ko’mak ko’rsatib kelinmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, fuqarolarimizga subsidiya asosida issiqxona, chorva mollari, dori-darmon vositalari ham berilayotir” – deydi Gʼaznov mahalla fuqarolar iygʼini raisi Xaliljon Boboev. Bunday ezgu amallar va xayriya aktsiyalari ayniqsa, saxovatpesha insonlar, tadbirkorlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

            Bunday saxovat amallari davom ettirilib, mahallada yashovchi fuqaro Аhmadxon Jamolovning ehsonlari ham kam taʼminlangan oilalarga tarqatib berildi. “Bir kunda saxovatpesha tadbirkorlarimizning himmati tufayli 20 dan ortiq oilalarga 4 500 000 so’mlik ehsonlar tarqatildi” – dedi bizga hamroh bo’lgan mahalla jome masjidi imomi Shodiboy Mamajonov.

            “O’gʼlim, eng avvalo, berilayotgan eʼtibor uchun mingdan-ming rahmat. Biz juda minnatdormiz. Lekin Sizga bitta murojaatim bor” – deya tuman hokimiga yuzlandi mahallaning yoshi ulugʼ otaxonlaridan Jumaboy-bobo Qosimov. Maʼlum bo’lishicha, 85-yoshli otaxon astma kasalligi tufayli xastalik yostigʼiga mixlanib qolgan va otaxonga tibbiy ko’mak va tibbiyot muassasasida davolanish juda zarur. Tuman hokimining tashabbusi bilan mahallaga tuman markaziy shifoxonasining bir guruh mutaxassislari otaxonning xonadoniga yetib kelishdi va tibbiy ko’rikdan so’ng, otaxonni markaziy shifoxonaga olib borib, davolanish zarurligi ayon bo’ldi. Аyni damda Jumaboy-bobo Qosimov tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo’limida yetakchi mutaxassislar nazorati ostida davolanmoqda.

            Sux tumanida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mana shunday ezgu amallarga ulanib ketmoqda. Аytish mumkinki, ezgu niyatlar bilan boshlangan umumxalq harakat o’zining ijobiy samaralarini berayapti.

                        Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati