Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Oʼzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga va Jahon savdo tashkilotiga ehtimoliy aʼzo boʼlishini baholash” mavzusida soʼrovnoma oʼtkazdi

×

 2020-05-13 17:22:36    98

PDF yuklash
Chop etish


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Oʼzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga va Jahon savdo tashkilotiga ehtimoliy aʼzo boʼlishini baholash” mavzusida soʼrovnoma oʼtkazdi

          Joriy yilning yanvarь-fevralь oylarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fuqarolar oʼrtasida “Oʼzbekistonning YeOII va JSTga ehtimoliy aʼzo boʼlishi taʼsirini baholash” boʼyicha anonim soʼrov oʼtkazdi. Soʼrovda tadqiqotchilar, olimlar, davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, oʼqituvchi va talabalar ishtirok etishdi.

         Аvval xabar qilinganidek, yanvar oyida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan Oʼzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga (EOII) aʼzo boʼlgan taqdirda mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga taʼsiri boʼyicha tadqiqot ishlarini yakunladilar. Аyni paytda Markaz ekspertlari Oʼzbekistonning jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʼlishi iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsiri haqida tadqiqotlarni olib borishmoqda.

Tadqiqotning natijalari bilan infografika va joriy tadqiqotlar boʼyicha tahliliy maqolalar joylashtirilgan "Iqtisodiy tahlil" jurnalining saytida tanishishingiz mumkin.

         “Oʼzbekistonning YeOIIga ehtimoliy aʼzo boʼlishi taʼsirini baholash” mavzusidagi tadqiqot natijalaridan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 2020 yil 8-11 yanvar. respublikamizning

14 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalarida pedagog xodimlar, talabalar, OАV vakillari va bloggerlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu taqdimotlar natijasida jamoatchilik fikrini yanada kengrok oʼrganishga qaratilgan soʼrov oʼtkazildi.

         Soʼrovnoma shakli xorijdagi yetakchi aqliy markazlar tajribasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Soʼrovnoma 10 ta savoldan iborat boʼlib, ular quyidagicha tuzilgan: birinchidan, YeOIIga aʼzo boʼlishi taʼsirini baholash boʼyicha savollar keltirilgan, keyin Oʼzbekistonning JSTga qoʼshilishi boʼyicha jamoatchilik fikri oʼrganishga qaratilgan savollar berilgan.

         Soʼrovnomada barcha hududlardan 1 300 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining gender tarkibi quyidagicha boʼldi:

         Soʼrovnoma ishtirokchilarining aksariyat qismi - 1037 kishi (79%) – erkaklar va ayollar esa - 271 kishi (21%)ni tashkil etdi.

Soʼrovnoma ishtirokchilari orasida koʼpchiligi talabalar - 479 (37%), ikkinchi oʼrinda xususiy sektor vakillari – 356 (27%), davlat xizmatchilari – 252 (19%), oʼqituvchilar – 155 (12%), olimlar/tadqiqotchilar – 53 (4%), boshqa kasblar – 13 (1%).

  YEOII

     Soʼrov natijalari shuni koʼrsatadiki, respondentlarning 74 % Oʼzbekistonning YeOIIga qoʼshilishini qoʼllab-quvvatlaydi. Respondentlarning 16 % qarshi, 4% neytral ovoz berishgan boʼlsa 6% javob berishga qiynalishdi.

         Tadqiqot davomida hududlar kesimida Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari respondentlarining YeOIIga eng koʼp (90% dan ortiq) qoʼshilishni qoʼllab-quvvatlashliklari aniqlandi.

         Integratsion birlashmaga qoʼshilishga qarshi boʼlganlarning ulushi Аndijon viloyatida ustun (32%), ikkinchi oʼrinni Toshkent shahri (26%), undan keyin Fargʼona viloyati (21%) egallaydi.

         Ittifoqqa qoʼshilish tarafdorlari ayollar oʼrtasida erkaklarga nisbatan koʼproq (82% va 73%). Shu bilan birga, yoshlar – 20 yoshdan yoshroq va 40 yoshdan kattaroqlar orasida qoʼshilish tarafdorlari koʼp boʼlgan (80%).

         Oʼzbekistonning YeOIIga qoʼshilishini qoʼllab-quvvatlamaydiganlarning ulushi 30-39 yoshdagi (23%) fuqarolar orasida yuqoridir. Shu bilan birga, tahlillar shuni koʼrsatdiki, qoʼshilishni qoʼllab-quvvatlovchi fuqarolar soni oʼqituvchilar, talabalar va xususiy sektor vakillari orasida (76%) tadqiqotchilar va davlat sektori xodimlariga nisbatan (66%) yuqori.

         Respondentlarning 45 %i qoʼshilish uchun asosiy xavf uchinchi mamlakatlardan (EOIIdan tashqari) keladigan import mahuslotlarinin Ittifoq mamlakatlari mahsulotlari bilan almashtirilishi deb koʼrsatilgan. Respondentlarning 42 %ini tashqi raqobat oshgan sari ichki ishlab chiqarish va ish oʼrinlari kamayib ketishi tashvishga solgan. Аholi tomonidan eng kam tashvish uygʼotadigan (13 %) masala davlat byudjeti daromadlarini kamayishi ehtimoli boʼlgan.

         Evroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo boʼlishning eng asosiy afzalliklari sifatida tovarlar va xizmatlar narxlarining pasayishi, shuningdek raqobat kuchayishi natijasida mahsulot sifatining oshishini – respondentlarning 51 % tomonidan belgilangan.

         Respondentlar tomonidan ijobiy baholangan keyingi dolzarb masala (24%) mahalliy mahsulotlar uchun eksport bozorlarini kengayishi natijasida yangi ish oʼrinlari yaratilishi boʼldi.

Soʼrovnoma ishtirokchilarining 15 %i mehnat muhojirlarining sharoitlari yaxshilanishini inobatga olishgan. Shu bilan birga, respondentlarning 10 %i umumiy mehnat bozorining shakllanishi natijasida ishchi kuchining davlatlararo harakati yanada erkinroq boʼladi deb baholashgan.

         Qayd yetish kerakki, soʼrovda qatnashgan 200 dan ortiq ishtirokchi YeOII qoʼshilish afzalliklari va xatarlari yuzasidan oʼz izohlarini qoldirishgan.

         Joriy yilning 29 aprelь kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan Oʼzbekistonning YeOII bilan hamkorligi masalasi koʼrib chiqildi. Unda deputatlar YeOIIda Oʼzbekiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini maʼqulladilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi muovini Аkmal Saidov oʼz nutqida taʼkidlaganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʼtkazilgan sotsiologik soʼrov bu borada jamoatchilik fikrini ilmiy tadqiq etish uchun asos boʼlib xizmat qilmoqda.

JST

         Umuman olganda, soʼrovnoma ishtirokchilarining aksariyati (78 %) Oʼzbekistonning JSTga qoʼshilishini qoʼllab quvvatlashmoqda. Shu bilan birga, 8% qarshi ekanliklarini bildirishgan. Respondentlarning 7 %i neytral yaʼni javob berishda ikkilanishdi.

         Hududlar kesimida Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʼiston Respublikasida (84-91%) JSTga aʼzo boʼlishni eng koʼp qoʼllab-quvvatlanadi. Oʼzbekistonning Jstga qoʼshilishiga qarshi boʼlganlar uchun Toshkent shahri (13%), Toshkent viloyati (18%) va Аndijon viloyati (12%) yeng yuqori hisoblanadi.

Soʼrov shuni koʼrsatdiki, JSTga aʼzo boʼlishni qoʼllab-quvvatlovchi fuqarolarning ulushi ham ayollar, ham erkaklar oʼrtasida bir xil (78%). Shu bilan birga, qoʼshilish qoʼllab-quvvatlamaydiganlar orasida erkaklar soni koʼproq (9% va 5%).

         Yosh toifasiga koʼra, JST ga qoʼshilishni 20 yoshgacha boʼlgan yoshlarninng aksariyati (86%) qoʼllab-quvvatlashgan boʼlsa. 40 yoshli ishtirokchilar orasida nisbatan kam boʼldi (68%).

         Shuningdek, JSTga qoʼshilishga eng koʼp ovoz bergan oʼqituvchi va talabalar (84%) boʼlsa, xususiy sektor vakillari orasida esa bu fikrni qoʼllab-quvvatlaganlar nisbatan kamroq boʼlgan (70%).

         Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning fuqarolar orasida eng katta xavotirli tomoni iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ustidan tashqi nazorat boʼlib, uning natijasida mazkur sohalar xorijlik tadbirkorlarga oʼtishi mumkin. Respondentlarning 44%i ushbu masalada oʼz xavotirlarini bildirishgan.

         Respondentlarning 42 %i tovarlar va xizmatlar importini oshib ketishi natijasida mahalliy korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsiri boʼlishi mumkinligini eʼtirof etishgan. Respondentlarning 14 %ini esa davlat daromadlarini kamayishi ehtimoli bezovta qilmoqda.

         Respondentlarning 34%i – JSTga qoʼshilishning asosiy afzalligi raqobat muhitining yaxshilanishi, tovarlar va xizmatlar narxlari pasayishi va ularning sifatiga ijobiy taʼsir qiladi deb hisoblashadi.

         23 % respondentlar tomonidan Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishining ijobiy samarasi sifatida rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilash, yuqori texnologiyali importning oshishi ijobiy baholangan.

         Respondentlarning 16% milliy ishlab chiqarish va ish oʼrinlari xorijiy investitsiyalar oqimi va xorijiy korxonalar sonining koʼpayishi natijasida koʼpayadi deb hisoblaydi. Respondentlarning yana shunchasi eksport bozorlarini kengaytirish milliy ishlab chiqarishni koʼpaytirish va yangi ish oʼrinlari yaratish, degan fikrda.

Soʼrovda ishtirok etganlarning 11 %i JSTga qoʼshilish Oʼzbekistonning xalqaro imidjini yaxshilashini bildirishgan.


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik aloqalar xizmati

Tel.: (78) 150-02-02