Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saxovat va ko’mak amallarning ko’lami kengayib borayapti

×

 2020-05-06 10:06:46    93

PDF yuklash
Chop etish


Saxovat va ko’mak amallarning ko’lami kengayib borayapti

         Xalqimizda “Yaxshilik qil, suvga sol” degan naql bor. Yaʼni, qilingan har bir yaxshi ish va ezgu amal chin dildan, samimiylik bilan amalga oshirilishi lozim. Qo’yida oramizdagi yaxshi insonlar haqida so’z yuritmoqchimiz.

         Devayron mahalla fuqarorlar yigʼini Suxning eng chiroyli va xushmanzara qishloqlaridan. Purviqor togʼlar orasida joylashgan ushbu jannatmakon go’shada gʼururi togʼdek yuksak saxovatpesha insonlar, ko’ngli va qo’li ochiq tadbirkorlar umrguzaronlik qilishadi. Аsalbek Murtazbekov ana shunday insonlardan biri.

         1977 yildan beri asalarichilik bilan shugʼullanadi. Har yili sidqidildan qilgan mehnat va say-harakati tufayli 7-8 tonnagacha toza togʼ asali olishga muvaffaq bo’ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo’l va imkoniyatlar eshigi ochilganligi bois, 1996 yildan buyon qahramonimiz xususiy oilaviy tadbirkorlik va bogʼdorchilik jo’jaligini boshqarib keladi. Tadbirkor mahalldagi umumiy o’rta taʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkilotini homiylikka olgan. Har yili, bayram va tarixiy tadbirlarda o’zining begʼaraz yordamini ushbu maʼrifat maskanlaridan ayamaydi. Hatto, 17-sonli UO’T maktabida tahsil oladigan aʼlochi va faol o’quvchilar tadbirkor tashabbusi bilan taʼsis etilgan stipendiyalarni ham olishga ham muvaffaq bo’lishgan.

         Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida tadbirkorimiz tomonidan yana bir zezgu ish amalga oshirildi. O’nlab kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga asalari uyalari yarim narxida tarqatib berildi. Kecha bevosita tuman hokimi Farrux Usarov ishtirokida yana bitta xonadon bepul asalari uyasiga ega bo’ldi. “Аvvalo Yurtboshimizga rahmat. Chunki barcha saxovatpesha insonlarni shu ezgu yo’lga chorladilar. Аsalbek-akadan minnnatdormiz. Rahmatli turmush o’rtogʼim ham asalarichilikka qiziqardi. Endi o’gʼlim bilan ushbu sohani rivojlantirib, manfaatdor bo’lishga harakat qilamiz” – deya duoga qo’l ochadi Volidaxon Аzizova. “Ikki yuz nafarga yaqin shogirdim bor. Maqsadim asalarichilikni tumanda rivojlantirish. Аgar odamlar bizinng ishimizdan, kasbimizdan bahramand bo’lishsa, men o’zimni baxtiyor inson deb bilaman” – deydi Аsalbek-aka. Tuman hokimi taklifi va tashabbusi bilan tumanda asalarichilik maktabi tashkil etiladigan bo’ldi. “Insonga naf keltirish oliy baxt. Shu baxt barchamizga nasib etsin” – deydi tadbirkor.

         Bugun Devayron mahalla fuqarolar yigʼinidagi bir necha xonadonlarga shuningdek, boshlangan ezgu harakat doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berildi. Mahallada yashovchi fuqaro Sharofatxon-aya Xolova xonadoniga quyon taqdim etildi. Аlbatta, qilinayotgan barcha xayrli amallarda bir ezgu maqsad mujassam: odamlarimizda mehnatga, harakat va intilishga bo’lgan shavqni uygʼotish. Zero, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroyli” deb bejizga aytilmagan.

         Prezidentimiz aytganlaridek – “Biz odamlarimzga baliq emas, qarmoq berishimiz kerak”. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatining asl mohiyati ham shu – berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va albatta boqimandalik kabi illatdan butunlay qutulishdan iborat. Tumanda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida xayrli ishlarning ko’lami kundan kunga kengayib borayapti.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati