Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga shu kungacha 830 000 000 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

×

 2020-05-02 16:28:36    93

PDF yuklash
Chop etish


“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga shu kungacha 830 000 000 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

         Аsli mehr-oqibat, hamjihatlik, hamdillik kabi insoniy xislatlar bizning millatimizga begonamas. Zotan, “Odam taftini odam ko’taradi” degan maqol ham bejizga aytilmagan. Koronavirus pandemiyasi tufayli shirin lahzalarga boy bo’lgan diydorga, samimiy so’hbatlarga limmo-lim uchrashuvlarga mushtoq bo’lib qolgan ko’ngillar qancha. Аyniqsa, ushbu hissiyot bemorlarda, kasallik yostigʼiga mixlanib qolgan insonlarda kuchli bo’ladi. “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida keksa-nuroniylar, xastalikka chalingan bemorlar holidan xabar olish maqsadida tumanimizda yana bir savobli ishga bel bogʼlandi. Tumanning Qalʼacha, Gʼaznov, Sohibkor, Tul mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi 9 nafar fuqarolarga bepul dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

         Nusratov Bobonusrat Qalʼacha mahalla fuqarolar yigʼinida yashaydi. Mana bir necha yildirki, xastalik sabab yostiqqa mixlanib qolgan. Lekin otaxon bugungi tibbiyot sohasi xodimlari faoliyatidan minnatdor. Chunki shifokorlar Bobonusrat-bobo holidan hamisha xabar olib turishadi. “Men ham butun umrimni shu masʼuliyatli kasb – shifokorlikka bagʼishladim. Mingdan-ming rahmat bizga berilayotgan eʼtibor va gʼamxo’rliklarga. Ro’zai ramazon ayyomida shifokorlarimiz tomonidan qilingan bunday ezgu amallar bizni juda quvontirdi” – deydi bizga yuzlanib bobo. Shu kuni fuqarolarga 1 million 420 ming so’mlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

         Shuningdek, birinchi sektor hududidagi Devayron mahalla fuqarolar yigʼinida umrguzaronlik qilayotgan kam taʼminlangan va ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarga ham oziq-ovqat mahsulotlari – un va o’simlik yogʼi yetkazib berildi. Mahsulotlarni aholiga yetkazishda bevosita ishtirok etgan tuman hokimi Farrux Usarov va tuman prokurori Farhodjon Аbduvalievlar fuqarolarga mana shunday kunlarda sabrli bo’lish lozimligi, karantin talablariga rioya etgan holda tomorqadan samarali foydalanish uchun mehnat qilish kerakligini tushuntirishdi.

         Bizga yetgan maʼlumotlarga ko’ra, shu kungacha tuman miqyosida kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarga 830 000 000 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari yetkazib berilgan. Sux tumanida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida xayrli ishlarni amalga oshirish jarayonlari davom etayapti.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati